Mamatraximov Iqboljon Ilxomjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): ««O‘zbekneftegaz» AJ korxonalarining ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida ekologik menejment tizimini joriy etish va ekoaudit o‘tkazish usullarini takomillashtirish», 11.00.05 – Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T1889.
Ilmiy rahbar: Musaev Ma’ruf Nabievich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi DSc.03/05.06.2020.T.03.06 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Pulatov Xayrulla Lutpullaevich, kimyo fanlari doktori, dotsent; Sattorov Zafar Muradovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: «O‘zbekneftgaz» AJ korxonalarining ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va texnologik jarayonlarni optimallashtirish maqsadida ekologik menedjment tizimini joriy etish va ekoaudit o‘tkazish usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
barqaror rivojlanish tamoyillari asosida ishlab chiqarish jarayonlariga ekologik menedjment va ekoaudit o‘tkazishning integratsion tizimi ishlab chiqilgan;
ekologik audit o‘tkazish asosida shlam ambarlarini qurish va burg‘ulash shlamlarini zararsizlantirish hamda utilizatsiya qilish usullari ishlab chiqilgan.
SWOT taxlili asosida neft-gaz sohasida ekologik xavflarni aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
ekologik menedjment tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlarni yanada oqilona baholashga imkon beruvchi ekologik menedjment tizimining samaradorligini baholash usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«O‘zbekneftgaz» AJ korxonalari samaradorligini oshirish maqsadida ekologik menedjment tizimini joriy qilish va ekoaudit o‘tkazish usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi «Andijonneft» AJda amaliyotga joriy qilingan («O‘zbekneftgaz» AJning 2020 yil 10 noyabrdagi 05/20-2-6-569-son ma’lumotnomasi). Natijada, ekologik qoidabuzarliklarni bartaraf etish va ekologik to‘lovlarni 10 barobarga kamaytirish imkonini bergan;
burg‘ulash ishlarini amalga oshirish jarayonida burg‘ulash shlamlarining zararsizlantirish va utilizatsiya qilish hamda ularni keyinchalik shlam ambarlariga ko‘mib yuborish bo‘yicha ishlab chiqilgan texnologik reglamentlar «O‘zburg‘uneftgaz» AJ, «Muborakneftgaz» MChJ, «New Silk Road Oil and Gas», «Mingbuloqneft», «Surhan Gas Chemical Operating Company» MChJ QKlarida amaliyotga joriy qilingan («O‘zbekneftgaz» AJning 2020 yil 10 noyabrdagi 05/20-2-6-569-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu texnologik reglamentlar yordamida burg‘ulash chiqindilarini zararsizlantirish va utilizatsiya qilish bo‘yicha texnologik va biologik talablar ishlab chiqilgan va bu ko‘rsatma ob’ektlarda shlamlarni ko‘mib yuborishni belgilaydigan chora-tadbirlar kompleksini joriy etish imkonini bergan;
chiqindilarni boshqarish bo‘yicha ishlab chiqilgan sohaviy rahbariy hujjat «Qo‘qon NGPI» AJda amaliyotga joriy qilingan («O‘zbekneftgaz» AJning 2020 yil 10 noyabrdagi 05/20-2-6-569-son ma’lumotnomasi). Natijada, chiqindilarni hisobga olish, ularning potentsial xavfini aniqlash va ishlab chiqarish chiqindilari hajmini 13,5%ga kamaytirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan «Neft va gaz quduqlarini qurishda atrof-muhitni muhofaza qilish ishlarini tashkil etish bo‘yicha rahbariy hujjat» «O‘zbekneftegaz» AJda amaliyotga joriy qilingan («O‘zbekneftgaz» AJning 2020 yil 10 noyabrdagi 05/20-2-6-569-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan uslub asosida tashkilotlarda ekologik samaradorlik ko‘rsatkichlarini aniqlash imkonini bergan.