Xojiev Aliakbar Abdumannopovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sirdaryo viloyati sharoitida sug‘oriladigan erlarning meliorativ rejimini boshqarish usulini takomillashtirish», 06.01.02 – Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1697.
Ilmiy rahbar: Muradov Rustam Anvarovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.03/30.12.2019.T.10.02.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Raximdjan Karimovich, texnika fanlari doktori, professor; Avliyakulov Mirzoolim Avazovich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oshib borayotgan suv tanqisligi sharoitida Sirdaryo viloyatining kuzgi bug‘doy etishtiriladigan o‘tloqi bo‘z tuproqli sug‘oriladigan erlarining meliorativ rejimini boshqarish usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kuzgi bug‘doyni subirrigatsiya usulida sug‘orilganda tuproqning tuz rejimining, sizot suvlari sathi va mineralizatsiyasining dinamikasiga ta’siri asoslangan;
kuzgi bug‘doyni subirrigatsiya usulida sug‘orish va sho‘r yuvishda suv resurslarni taqsimlash usuli Cirdaryo viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitini inobatga olib takomillashtirilgan;
to‘liq faktorli eksperiment natijasida kuzgi bug‘doy hosildorligining sizot suvlarining chuqurligiga, tuproqning sho‘rlanish darajasiga, sug‘orishlar soni va mavsumiy sug‘orish me’yorlariga bog‘liqligi asoslangan;
sizot suvlarini sug‘orishga jalb etilganligini inobatga olib “tuproq - o‘simlik - suv” tizimida namlik va tuz almashuvi jarayonining modellari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sirdaryo viloyati o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida sug‘oriladigan erlarida kuzgi bug‘doyni etishtirishda meliorativ rejimni boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
yotiq zovurlardagi sizot suvlari sathini boshqarish orqali kuzgi bug‘doyni subirrigatsiya usulida sug‘orish Suv xo‘jaligi tasarrufidagi Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi «BEKCLUSTER» MChJga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 2 apreldagi 04/20-1078-son ma’lumotnomasi). Natijada, sizot suvlarining sathi 2 m bo‘lgan sharoitda 5,4 s/ga gacha, 1 m bo‘lgan sharoitda esa 8,5 s/ga gacha kuzgi bug‘doydan qo‘shimcha hosil olinishiga erishilgan;
Cirdaryo viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doyni subirrigatsiya usulida sug‘orish va sho‘r yuvishda suv resurslarni taqsimlashning takomillashtirilgan usuli Suv xo‘jaligi tasarrufidagi Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi «BEKCLUSTER» MChJga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 2 apreldagi 04/20-1078-son ma’lumotnomasi). Natijada, mavsumiy sug‘orish me’yori 1043 m3/ga dan 864 m3/ga gacha kamaygan;
turli mexanik tarkibga ega bo‘lgan tuproqlarda subirrigatsiya usuli qo‘llanilgan sharoitda “tuproq – o‘simlik - tuz” almashinuvi jarayonining modellari ishlab chiqilib sonli qiymatlari baholangan va Suv xo‘jaligi tasarrufidagi Xovos tumani suv xo‘jaligi bo‘limiga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 2 apreldagi 04/20-1078-son ma’lumotnomasi). Natijada, “maqbul meliorativ” va “maqbul sug‘orish” rejimlari parametrlari asoslangan.