Adjimuratov Dilmurat Serikxanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):«Yuqori bosimli suv omborli gidrouzellar suv tashlama inshootlarida oqim energiyasini so‘ndirish darajasi va xavf toifasi normasini baholash», 05.09.06 –Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2. PhD/T.1665.
Ilmiy rahbar: Yangiev Asror Abdixamidovich,texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti,DSc.03/30.12.2019.T.10.02.
Rasmiy opponentlar:Bozorov Dilshod Raimovich, texnika fanlari doktori, professor;
Xamdamov Bekmamat, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot:Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tangensial uyurmali suv tashlagich suv olib ketuvchi tunnel konstruksiyasi konfuzor va so‘ndirgich kamerasidan iborat bo‘lganda nazariy hisoblash usullarini takomillashtirish va suv omborlarining xavf kategoriyasini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uyurma shaxtali suv tashlagich suv olib ketuvchi tunnel` konstruksiyasi konfuzor va so‘ndirgich kamerasidan iborat bo‘lganda dispersli burama oqimning matematik modeli shaxtadan havo tortilishini inobatga olib ishlab chiqilgan;
konfuzorda burama oqim tezliklari, bosim va solishtirma energiya taqsimoti shaxtadan havo tortilishini inobatga olib aniqlangan;
suv omborlarida xavf kategoriyasini baholash uchun ta’sir etuvchi omillar belgilangan;
suv omborlari xavfsizligini baholash uchun xavf kategoriyalarini inobatga olib tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Suv omborli gidrouzellar suv tashlama inshootlarida suv olib ketuvchi tunnel` konfuzor qismini gidravlik hisoblash usulining takomillashganligi va suv omborlari xavfsizligi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish asosida:
uyurma shaxtali suv tashlagich suv olib ketuvchi tunnel konstruksiyasi konfuzor va so‘ndirgich kamerasidan iborat bo‘lganda dispersli burama oqimning matematik modeli Suv xo‘jaligi vazirligi qoshidagi “Suvloyiha” DUKda Karmana gidrouzeli suv tashlash traktidagi suv energiyasini so‘ndirish inshooti rekonstruksiyasini loyihalashda joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 30 oktyabrdagi 04/20-3244-son ma’lumotnomasi). Natijada, gidrouzel suv tashlash inshootining ishonchli va xavfsiz ishlash imkoniyati yaratilgan;
konfuzorda aniqlangan burama oqim tezliklari, bosim va solishtirma energiyasining taqsimoti Suv xo‘jaligi vazirligi qoshidagi “Suvloyiha” DUKda Karmana gidrouzeli suv tashlash traktidagi suv energiyasini so‘ndirish inshooti rekonstruksiyasini loyihalashda joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 30 oktyabrdagi 04/20-3244-son ma’lumotnomasi). Natijada, gidrouzel suv tashlash inshootining tanlangan kesimida kompyuter dasturi asosida teziklar, bosim va energiya taqsimlanishini aniqlash imkoniyatiga erishilgan;
suv omborlari xavfsizligini baholash uchun ishlab chiqilgan tavsiyalar Suv xo‘jaligi vazirligi qoshidagi Qashqadaryo viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasiga qarashli Langar, Qizilsuv va Qalqama sel-suv omborlarida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 30 oktyabrdagi 04/20-3244-son ma’lumotnomasi). Natijada, Langar, Qizilsuv va Qalqama sel-suv omborlarining xavf kategoriyalari baholangan hamda ularning xavfsiz va ishonchli ishlashi uchun imkoniyatlar yaratilgan.