Odinaeva Zebiniso Ibrohimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek milliy identikligi aksiologik tamoyillari va qonuniyatlariga falsafiy konseptual yondoshuv», 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fal120.
Ilmiy rahbar: Madaeva Shahnoza Omonullaevna falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Adham Mamadalievich Yunusov, Rossiya tabiiy fanlar akademiyasi akademigi, falsafa fanlari doktori; Jumaniyoz Sultonovich Ramatov professor, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek milliy identikligi shakllanishidagi aksiologik tamoyillar va qonuniyatlarning falsafiy-konseptual tahlilini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiigi:
O‘zbek xalqi tarixida ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda amal qilgan milliy identiklik, milliy identifikatsiya tushunchalari aksiologik tamoyil nuqtai nazaridan asoslangan;
o‘zbek milliy identikligini tarixiy taraqqiyot qonuniyati aksiologik tamoyillar bilan mutanosib shakllangani zardushtiylik, islom dini misolida dalillangan;
milliy urf-odat, marosim, qadriyatlar milliy identiklikning atributiv jihatlari ekanligi ilmiy isbotlangan;
milliy identiklik aksiologik qonuniyatlar asosida milliy davlatchilikni shakllantiruvchi jarayon ekanligi ochib berilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek milliy identikligi aksiologik tamoyil va qonuniyatlariga falsafiy konseptual yondoshuvini o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
o‘zbek xalqi tarixida ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda amal qilgan milliy identiklik, milliy identifikatsiya tushunchalarining mazmuni aksiologik tamoyil nuqtai nazaridan ochib berilganligiga oid xulosalardan “O‘zbek milliy identikligi” nomli sotsiologik so‘rovnomada foydalanilgan. (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 11 noyabrdagi 01-11-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar talaba yoshlarning o‘zbek milliy identikligining namoyon bo‘lishida an’ana va qadriyatlarning nechog‘li ahamiyatli ekanligini anglashga xizmat qilgan;
o‘zbek milliy identikligini tarixiy taraqqiyot qonuniyati aksiologik tamoyillar bilan mutanosib shakllangani zardushtiylik, islom dini misolida ilmiy asoslanganligiga oid xulosalaridan Oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi akademik lisey pedagog kadrlarini malakasini oshirish markazi kurslarining “Oliy ta’lim muassasalari pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash, malakasini oshirish” qo‘llanmalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 7 yanvar`dagi 89-03-86-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar oliy ta’lim tizimida kadrlarni tayyorlashni rivojlantirishda o‘zbek milliy identikligi va aksiologik qonuniyatlarining shakllanishiga xizmat qilgan;
milliy urf-odat, marosim, qadriyatlar milliy identiklikning atributiv jihatlari ekanligiga oid ilmiy–amaliy natijalaridan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2019 yil 2 noyabrdagi 1023-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi”ni tashkil etishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish Bosh ilmiy metodik markazi 2020 yil 6 yanvardagi 01-04 son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarining o‘quv-uslubiy ta’minotini boytish hamda o‘qitish sifatini oshirishga erishilgan;
milliy identiklik aksiologik qonuniyatlar asosida milliy davlatchilikni shakllantiruvchi omil ekanligiga oid xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining “Yoshlar ma’naviy kamolotida ilmiy va diniy qadriyatlar uyg‘unligini ta’minlashning yangicha innovatsion texnologiyalarini targ‘ibot etish” nomli ilmiy-amaliy loyihasini tashkil etishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi 2020 yil 15 oktyabrdagi 030/7-878–son va markazning Shayxontoxur tuman bo‘linmasining 2020 yil 5 iyundagagi 01-01/44-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar ma’naviy kamolotida dunyoviy va diniy qadriyatlar uyg‘unligini ta’minlashning innovatsion g‘oyalarni shakllantirishga xizmat qilgan.