Yarmatov Raximboy Baxramovichning fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining kasbiy metodik tayyorgarligini takomillashtirish», 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tarix) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.DSc/Ped112.
Ilmiy maslahatchi: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04 raqamli bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Rasulov Baxtiyor Maxmudjonovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining kasbiy metodik tayyorgarlik holatini tahlil qilish va ularni takomillashtirish bo‘yicha nazariy g‘oyalar, ilmiy-uslubiy qarashlarni tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
innovatsion yondashuv asosida bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining kasbiy metodik tayyorlash jarayoni imitatsion texnologiyalari (trening, debat, loyihalash)ga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarix o‘qituvchisining kasbiy metodik tayyorgarlik ko‘rsatkichlari darajasi kognitiv, individual, ijodiy tashxis etish komponentlariga ustuvorlik berish orqali baholash portfolio texnologiyalari (diagnostik, motivatsion, rivojlantirish, korreksiyalash) ko‘rsatib berilgan;
bo‘lajak tarix o‘qituvchilari kasbiy metodik tayyorgarligining polifaktor modeli kasbiy yo‘naltirilgan muhit va shaxsiy-faoliyatli yondashuvlar tarix fani bo‘yicha tadqiqotlarga ustuvorlik berish orqali ochib berilgan;
muammoli-integrativ yondashuv bo‘yicha bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining tadqiqotchilik kompetentligi loyihalanadigan ta’lim sifatining integrativ ko‘rsatkichlari (maxsus, psixologik-metodik, xususiy-metodik, texnologik-metodik) orqali aniqlangan;
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining kasbiy metodik tayyorgarligi kasbiy tayyorgarlik sifati individual ta’lim traektoriyalari (mazmunli, faoliyatli, jarayonli) ijodkorlik yondashuvi asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining kasbiy metodik tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining kasbiy metodik tayyorgarligida aniqlangan intellektual ijodiy tafakkurni rivojlantiruvchi yaratuvchanlik faoliyati strukturasi “O‘zstandart” agentligining 2014 yil 18 sentyabrdagi 4574-son qarori bilan tasdiqlangan bakalavriat yo‘nalishlari «Pedagogika sohasi» Davlat ta’lim standarti hamda malaka talablari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 21avgustdagi 303-son, 2017 yil 24 avgustdagi 603-son buyruqlari). Mazkur kompetensiyalar pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining metodik bilimlarini oshirishga xizmat qilgan;
kognitiv, individual, ijodiy tashxis etish komponentlari orqali bo‘lajak tarix o‘qituvchisining kasbiy metodik tayyorgarlik darajasi ko‘rsatkichlari “Tarix o‘qitish metodikasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 20 fevraldagi 89-03-727-son ma’lumotnomasi). Mazkur darslik Respublika Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining kasbiy metodik tayyorgarligini shakllantirish, rivojlantirish va takomillashtirishga xizmat qilgan;
kasbiy yo‘naltirilgan muhit va shaxsiy-faoliyatli yondashuvlar orqali takomillashgan bo‘lajak tarix o‘qituvchilari kasbiy metodik tayyorgarligining polifaktor modeliga oid takliflar A-1-121 raqamli “Milliy tarbiya va yoshlar dunyoqarashini shakllantirish” (2015-2017 yy.) mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 20 fevraldagi 89-03-727-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining kasbiy metodik tayyorgarligini takomillashtirish imkoniyati kengaytirilgan;
loyihalanadigan ta’lim sifatining integrativ ko‘rsatkichlari orqali takomillashgan bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining tadqiqotchilik kompetentligiga oid takliflar KA1-002 raqamli “Uzluksiz ta’limning kasbga yo‘naltirilgan mazmunini klasster texnologiyalari asosida ishlab chiqish va joriy etish” (2015-2017 yy.) mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 20 fevraldagi 89-03-727-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak tarix o‘qituvchilari halqaro standartlar va milliy tadqiqotchilik kompetentligining pedagogik monitoringini o‘tkazish metodikasini takomillashtirish imkoniyati yaratilgan;
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining kasbiy metodik tayyorgarligi mexanizmlari orqali ilk bora ishlab chiqilgan maxsus kurslarning metodik ta’minoti “Tarix o‘qitish metodikasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 20 fevraldagi 89-03-727-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining kasbiy metodik tayyorgarligi rivojlanganlik darajasini aniqlash tizimi takomillashtirilgan.