Chorshanbiev Shuxrat Maxmatmurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Elektrshlak usulida 45 markali po‘latdan olinayotgan detallarning ekspluatatsion xossalarini oshirish texnologiyasini ishlab chiqish”, 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik, quymachilik, metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi(texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T594.
Ilmiy rahbar: Turaxodjaev Nodir Djaxongirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasanomi:Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.04.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Fatxulla Sagdullaevich,texnika fanlari doktori, professor; Atajanov Gapur Latibovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi elektrshlak usulida 45 markali po‘latlardan olinayotgan detallarni ekspluatatsion xossalari va eyilish bardoshligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suv muhitida val-shesternyaga termik ishlov berish rejimlari ishlab chiqilgan;
suv-moy muhitida val-shesternyani navbatma-navbat toblash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
elektrshlak usulida 45 markali po‘latdan quyma usulida olingan val-shesternya tishlarining ishlash sharoitidagi xizmat muddatini oshirish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
mahsulotning ishlash resursini oshirish uchun termik ishlov berish usuliga bog‘liqlik grafigi ishlab chiqilgan;
elektrshlak usulida 45 markali po‘latdan quyma usulida olingan val-shesternya tishlarini termik ishlov berish natijasida qattiqlik holati grafigi ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Elektrshlak usulida 45 markali po‘latdan olinayotgan detallarning ekspluatatsion xossalarini oshirish texnologiyasini ishlab chiqish uchun olib borilgan tadqiqotlar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
suv muhitida val-shesternyaga termik ishlov berish rejimlari “Olmaliq TMK” AJ qoshidagi “Markaziy ta’mirlash mexanika zavodiga”ga joriy qilingan (“Olmaliq TMK” AJning 2020 yil 0 iyundagi 63-208-son ma’lumotnomasi). Natijada, val-shesternyaning eyilishbardoshligi 8-10%ga oshirishga erishilgan;
val-shesternya tishlarini tayyorlash texnologiyasi “Olmaliq TMK” AJ qoshidagi “Markaziy ta’mirlash mexanika zavodiga”ga joriy qilingan (“Olmaliq TMK” AJning 2020 yil 5 iyundagi 63-208-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahsulotning ekspluatatsion xossalarini 18-20% ga oshirishga erishilgan;
suv-moy muhitida val-shesternyani navbatma-navbat toblash texnologiyasi “Olmaliq TMK” AJ qoshidagi “Markaziy ta’mirlash mexanika zavodiga”ga joriy qilingan (“Olmaliq TMK” AJning 2020 yil 5 iyundagi 63-208-son ma’lumotnomasi). Natijada, val-shesternyaning qattiqligini 1,3-1,4 martaga oshirishga erishilgan.