Bo‘rixonov Baxtiyor Xolmirzaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Uchlamchi aminlarni alkilgalogenlash reaksiyalari», 02.00.03 – Organik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/K110. 
Ilmiy rahbar: Xoliqov Tursunali Suyunovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Maxsumov Abdulxamid Gafurovich, kimyo fanlari doktori, professor; Xodjaniyazov Xamid Utkurovich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: uchlamchi aminlarni alkilgalogenlash reaksiyalari natijasida to‘rtlamchi ammoniy tuzlarini sintez qilish va olingan birikmalar tuzilishini hamda biologik faolliklarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor N-butilmorfolinning monoxlorsirka kislotasi efirlari va amidi bilan reaksiyalaridan tarkibida azotli geterotsikl, galogen (xlor) atomi va murakkab efir guruhi saqlagan to‘rtlamchi ammoniy tuzlari sintez qilingan;
to‘rtlamchi ammoniy tuzlarini olishga qaratilgan tadqiqotlarda monoxlorsirka kislotasi alkil va aril efirlarining reaksion qobiliyati, shuningdek, aromatik va geterotsiklik aminlarning reaksion qobiliyati o‘zaro taqqoslanib, ushbu birikmalarning faollik qatori aniqlangan;
aromatik va geterotsiklik uchlamchi aminlar va monoxlorsirka kislotasining turli efirlari asosida sintez qilingan to‘rtlamchi ammoniy tuzlarining stimulyatorlik, gerbisidlik va insektisidlik faolliklari aniqlangan;
sintez qilingan to‘rtlamchi ammoniy tuzlari molekulasidagi faol markazlar va elektronlar taqsimoti, energetik kattaliklarini aniqlashga qaratilgan kvant kimyoviy hisoblash asosida nukleofil reagentlar sifatida qo‘llash mumkinligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aromatik va geterotsiklik uchlamchi aminlarni alkilgalogenlash reaksiyalari natijasida olingan to‘rtlamchi ammoniy tuzlarining sintezi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
to‘rtlamchi ammoniy tuzlaridan N-benzil-1-(2,5-dimetilfenil)-N,N-dimetilammoniy xlorid va N-benzil-1-(2,5-dimetilfenil)-N,N-dimetilbenzilammoniy xlorid qurilmalardagi korroziya jarayoniga qarshi ingibitorlar sifatida Muborak gazni qayta ishlash zavodida amaliyotga joriy qilingan (Muborak gazni qayta ishlash zavodining 2020 yil 30 iyundagi 824/GK-06-son ma’lumotnomasi). Natijada, neft` va gazni qayta ishlash sohasida metall konstruksiya va qurilmalarning ekspluatatsion samaradorligini oshirish imkonini bergan;
uchlamchi aminlarni alkilgalogenlash reaksiyalaridan olingan to‘rtlamchi ammoniy tuzlari IOT-2016-7-21 raqamli «α-Aminonitrillar asosida yuqori samarali biologik faol birikmalar sintezi» mavzusidagi innovatsion loyihada monoxlorsirka kislotasi efirlari asosida olingan to‘rtlamchi ammoniy tuzlarining α-aminonitril hosilalari o‘simlik grammusbat va grammanfiy bakteriya mikroorganizmlariga qarshi ta’sirini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil iyuldagi 89-03-2418-son ma’lumotnomasi). Natijada, mikroorganizmlariga qarshi yuqori bakterisidlik xossaga ega bo‘lgan murakkab efirlarni olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish