Amanova Nodira Davlyatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyolar asosida modifikatsiyalangan oltingugurt olish texnologiyasini ishlab chiqish va uni oltingugurtli beton olishda qo‘llash», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi, 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1905.
Ilmiy rahbarlar: Turaev Xayit Xudaynazarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Beknazarov Xasan Soyibnazarovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Shukurov Jamshid Sultonovich, texnika fanlari doktori; Sottikulov Elyor Sotimboevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kroton al`degid asosida modifikatsiyalangan oltingugurt olish, xossalarini yaxshilash va ular asosida oltingugurtli betonlarni ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kroton ald`egid asosida oltingugurtni modifikatsiyalash natijasida olingan modifikatsiyalangan oltingugurtning yuqori deformatsion mustahkamlik, adgezion xususiyatlari va fizik-kimyoviy xossalari aniqlangan;
portlandsement asosidagi betonni almashtirish uchun ishlab chiqilgan modifikatsiyalangan oltingugurtli betonlarning fizik-kimyoviy, fizik-mexanik xossalari va agressiv muhitlarga chidamliligi aniqlangan;
oltingugurtga nisbatan erimaydigan polimer qismlarning 10–25% massa ulushida bo‘lishi atmosfera va agressiv muhitlar ta’siriga chidamli hamda siqilishdagi mustahkamlik xususiyatlari yuqori bo‘lgan modifikatsiyalangan oltingugurtli betonning ekspluatatsion xossalarining yaxshilanishi isbotlangan;
kimyoviy o‘zgarishlar orqali yaxshilangan fizik-mexanik xossalarga ega bo‘lgan modifikatsiyalangan oltingugurt va oltingugurtli beton olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oltingugurt va kroton al`degid asosida modifikatsiyalangan oltingugurtdan yangi oltingugurtli beton olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kroton al`degid asosida ishlab chiqilgan modifikatsiyalangan oltingugurtli beton «Olmaliq KMK» AJ korxonasida kislota va tuzlarning yuqori konsentratsiyalariga barqaror beton konstruksiyalar olishda joriy qilingan («Olmaliq KMK» AJning 2020 yil 20 noyabrdagi AA-009039-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan oltingugurtli bog‘lovchilar olish texnologiyasi asosida 40% sul`fat kislota va 40% ammoniy sul`fat eritmalarida barqaror bo‘lgan oltingugurtli beton olish imkonini bergan;
yangi oltingugurtli bog‘lovchilar asosida atmosfera va agressiv tashqi muhitlarga chidamli oltingugurtli beton olish texnologiyasi «Olmaliq KMK» AJ korxonasida mustahkam polimer oltingugurtli beton olishda joriy qilingan («Olmaliq KMK» AJning 2020 yil 20 noyabrdagi AA-009039-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarkibida 26% og‘irlikdagi modifikatsiyalangan polimer oltingugurt birikmalari va kul qo‘shilgan qum, maydalangan tosh va oltingugurtli beton aralashmasi asosida mustahkamligi 85 MPa bo‘lgan (M700 markasiga, V55 sinfiga to‘g‘ri keladigan) oltingugurtli beton konstruksiyalar olish imkonini bergan.