Ummatov Mamarasul Tursunovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tanib olish uchun ko‘rsatishning protsessual va kriminalistik xususiyatlari», 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Yu386.
Ilmiy rahbar: Rajabov Baxtiyor Almaxmatovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Murodov Baxtiyorjon Baxodirovich, yuridik fanlar doktori, dotsent; Mo‘minov Bexzod Abduvaxobovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Harbiy-texnik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tanib olish uchun ko‘rsatishning protsessual va kriminalistik xususiyatlariga oid huquqiy normalarni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tanib oluvchini tergov harakati o‘tkazish jarayonida tanib olinuvchiga ko‘rinmaydigan sharoit yaratilgan xonaga joylashtirish tartibini joriy etgan holda uning xavfsizligini ta’minlash kafolatlarini kuchaytirish asoslab berilgan;
tanib olish uchun ko‘rsatish tergov harakatini o‘tkazishning protsessual tartibini videokonferensaloqa rejimidan foydalanishni joriy etgan holda takomillashtirish asoslantirilgan;
tergov bo‘linmalari faoliyatini tashkil etishda ichki ishlar organlari boshliqlarining majburiyatlariga surishtiruvchi va tergovchining ish yurituvidagi jinoyat ishlari bo‘yicha tanib olish uchun ko‘rsatish tergov harakatini o‘tkazishda ko‘maklashish borasida topshiriqlarini o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishini hamda ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarning belgilangan muddatda taqdim etilishini ta’minlashni kiritish zarurati asoslangan;
tergov organlari tomonidan vaqtincha saqlash hibsxonasida saqlanayotgan shaxslarni tanib olish uchun ko‘rsatishni shu joydagi tergov xonasida amalga oshirishning imkoni bo‘lganda, uni vaqtincha saqlash hibsxonasining tergov xonasida o‘tkazish lozimligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tanib olish uchun ko‘rsatishning protsessual va kriminalistik tartibini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
tanib oluvchini tergov harakatini o‘tkazish jarayonida tanib olinuvchiga ko‘rinmaydigan sharoit yaratilgan xonaga joylashtirish tartibini joriy qilish, xolislarning tanib oluvchi turgan joyda bo‘lishini qonunda belgilash haqidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 23 maydagi «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunning 9-moddasi uchinchi bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2020 yil 29 maydagi 06/1-05/1478vx-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning inobatga olinishi tanib oluvchining xavfsizligini ta’minlash kafolatlari kuchaytirilishiga, shuningdek tergov harakati natijalarining shaffofligini ta’minlash imkoni kengaytirilishiga xizmat qilgan;
tanib olish uchun ko‘rsatish tergov harakatini o‘tkazishning protsessual tartibini videokonferensaloqa rejimidan foydalanishni joriy etgan holda takomillashtirish lozimligi haqidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 23 maydagi «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunning 9-moddasi to‘rtinchi bandini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2020 yil 29 maydagi 06/1-05/1478vx-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi tanib olish uchun ko‘rsatish tergov harakatini o‘tkazish tartibi soddalashtirilishiga va protsessual chiqimlarning kamayishiga xizmat qilgan;
tergov bo‘linmalari faoliyatini tashkil etishda ichki ishlar organlari boshliqlarining majburiyatlariga surishtiruvchi va tergovchining ish yurituvidagi jinoyat ishlari bo‘yicha tanib olish uchun ko‘rsatish tergov harakatini o‘tkazishda ko‘maklashish borasida topshiriqlarini o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishini hamda ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarni belgilangan muddatda taqdim etilishini ta’minlashni kiritishga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2017 yil 12 iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida surishtiruv va dastlabki tergovni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida»gi 100-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida surishtiruv va dastlabki tergovni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma»ning 24-bandi uchinchi xatboshisini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIV Tashkiliy departamentining 2020 yil 28 oktyabrdagi 6/1592-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning inobatga olinishi tergov amaliyotida tanib olish uchun ko‘rsatish tergov harakatini o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli o‘tkazilishiga xizmat qilgan;
tergov organlari tomonidan vaqtincha saqlash hibsxonasida saqlanayotgan shaxslarni tanib olish uchun ko‘rsatishni shu joydagi tergov xonasida amalga oshirishning imkoni bo‘lganda, uni vaqtincha saqlash hibsxonasining tergov xonasida o‘tkazish lozimligiga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2017 yil 14 avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari vaqtincha saqlash hibsxonalarining ichki tartib qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 171-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari vaqtincha saqlash hibsxonalarining ichki tartib qoidalari»ning 190-bandini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIV Tashkiliy departamentining 2020 yil 28 oktyabrdagi 6/1592-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning inobatga olinishi tergov amaliyotida tanib olish uchun ko‘rsatish tergov harakatining o‘z vaqtida o‘tkazilishi va protsessual chiqimlarning kamayishiga xizmat qilgan.