Yuldashov Abdumumin Abdugopirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Mualliflik huquqini muhofaza qilishning shartnomaviy-huquqiy asoslari”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2019.1.PhD/Yu246.
Ilmiy maslahatchi: Toshev Boboqul Norkobilovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti huzuridagi DSc.32/30.12.2019.Yu.74.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Nasriev Ilxom Ismoilovich, yuridik fanlar doktori, professor; Topildiev Voxidjon Raximjanovich, yuridik fanlar nomzoi, professor.
Yetakchi tashkilot: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida mualliflik huquqini muhofaza qilishning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish va huquqni qo‘llash amaliyotining samaradorligini ta’minlash bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
intellektual mulk sohasidagi nizolarni ko‘ruvchi Apellyasiya kengashida xolislikni ta’minlash maqsadida Adliya vazirligi va Intellektual mulk agentligining Apellyasiya kengashi tarkibidagi xodimlari soni Apellyasiya kengashi umumiy a’zolari sonining o‘ttiz foizidan oshmasligi kerakligi asoslantirilgan;
intellektual mulk ob’ektlarini huquqiy muhofaza qilish bilan bog‘liq nizolarni sudgacha ko‘rib chiquvchi kollegial organi sifatida Apellyasiya kengashining majlislari, agar ularning ishida Apellyasiya kengashi a’zolari umumiy sonining uchdan ikki qismi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanishini belgilash asoslantirilgan;
yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash bo‘yicha faoliyat turlarini amalga oshirish huquqini beruvchi lisenziyaga ega bo‘lgan lisenziatlar qo‘shib yuborilgan taqdirda, belgilangan tartibda lisenziyani qayta rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yilishi asoslab berilgan;
audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash faoliyat turiga berilgan lisenziyaning amal qilishi lisenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi (qismlari) uchun to‘xtatilgan taqdirda, lisenziya qayta rasmiylashtirilishi lozimligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Mualliflik huquqini muhofaza qilishning shartnomaviy-huquqiy asoslaribo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida: 
intellektual mulk sohasidagi nizolarni ko‘ruvchi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Apellyasiya kengashining Apellyasiyalar va arizalarni ko‘rib chiqishtartibiga oid takliflarO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 oktyabrdagi 856-son qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyasiya kengashi to‘g‘risida»gi Nizomning 8-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2019 yil 30 oktyabrdagi 494-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyasiya kengashiga apellyasiyalar va O‘zbekiston Respublikasida hammaga ma’lum tovar belgilari deb e’tirof etish to‘g‘risidagi arizalarni berish va ularni ko‘rib chiqish Qoidalari» (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019 yil 30 oktyabrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 3190)ning 23-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining 2020 yil 
13 oktyabrdagi 03-14/1553-1-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi Apellyasiya kengashi faoliyatida ishlarni xolisona tarzda ko‘rish va intellektual mulk sohasidagi nizolarni adolatli hal qilish mexanizmlarini tashkil etishga xizmat qilgan;
Apellyasiya kengashi faoliyatini tashkil etish tartibiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 oktyabrdagi 856-son qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyasiya kengashi to‘g‘risida»gi Nizomning 13-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining 2020 yil 13 oktyabrdagi 03-14/1553-1-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi Apellyasiya kengashi ishini samarali tashkil etish hamda Apellyasiya kengashi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni adolatli va ishonchli tarzda qabul qilish mexanizmini joriy etishga xizmat qilgan;
audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash hamda fonogrammalarni tayyorlash bo‘yicha faoliyat turlarini lisenziyalash tartibiga doir takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 15 martdagi 72-son qarori bilan tasdiqlangan «Audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash bo‘yicha faoliyat turlarini lisenziyalash to‘g‘risida»gi Nizomning 35-bandi 2-xatboshida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining 2020 yil 9 iyuldagi03-14/1058-sonma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi mualliflik va turdosh huquqlar sohasidagi sub’ektlar faoliyatini lisenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada yaxshilashga xizmat qilgan;
fonogrammalarni tayyorlash va audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash faoliyat turiga berilgan lisenziyani qayta rasmiylashtirishga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 15 martdagi 72-son qarori bilan tasdiqlangan «Audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash bo‘yicha faoliyat turlarini lisenziyalash to‘g‘risida»gi Nizomning 35-bandi 3-xatboshida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining 2020 yil 9 iyuldagi03-14/1058-sonma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi mualliflik huquqini samarali muhofaza qilishga xizmat qilgan

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish