Muxiddinov Dilshod Davronovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kremnezem miqdori yuqori bo‘lgan noorganik qo‘shimchali yangi turdagi sementlar olish texnologiyasi», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1717. 
Ilmiy rahbar: Iskandarova Mastura Iskandarovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Shamshidinov Isroiljon Turgunovich, texnika fanlari doktori, professor; Iskenderov Axmet Maksedbaevich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qo‘shimcha sifatida mikrokremnezem (MK) va opokasimon jinslardan foydalanib, yangi turdagi qo‘shimchali energiya-, resurstejamkor portlandsementlarni tarkiblarini va olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yangi tarkibli qo‘shimchali sementlar olish uchun mineral qo‘shimchalar sifatida MK va opokasimon jinslarning kimyoviy-mineralogik tarkiblari hamda St`yudent mezoni bo‘yicha gidravlik faolligi va ularning sement qo‘shimchasi sifatida tanlanganligi asoslangan; 
MK va opokasimon jinslar qo‘shimcha sifatida sementdagi miqdori va olingan qo‘shimchali portlandsementlar asosidagi sement toshining fizik-mexanik ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar orqali qo‘shimchali sementlarning tarkiblari optimallashtirilgan;
yangi turdagi qo‘shimchalarni tutgan portlandsementlarning suv bilan reaksiyaga kirishish qobiliyatini aniqlash natijasida mukammal faza tarkibga va  strukturaga ega bo‘lgan sun’iy konglomerat shakllanishi isbotlangan; 
yangi tarkibdagi qo‘shimchali sementlarning  gidratlanish jarayonida sun’iy konglomerat shakllanishidagi gidratli hosilalar vujudga kelishi aniqlangan;
yangi tarkibdagi qo‘shimchali sementlarda  struktura hosil bo‘lishida va ulardagi fizik-kimyoviy o‘zgarishlari bilan fizik-mexanik xossalari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Kremnezem miqdori yuqori bo‘lgan yangi turdagi sementlar olish texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
MK-85 markadagi o‘ta mayin tarkibli mikrokremnezem uchun texnikaviy shart «O‘zstandart» agentligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan (TS00186200-12:2019). Natijada, mazkur texnik shart mahsulotning sifati va texnologik jarayonni nazorat qilish imkonini bergan;
quruq qurilish aralashmalari uchun klinker-kompozision bog‘lovchilar texnikaviy shart «O‘zstandart» agentligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan (TS00295455-48:2018) Natijada, mazkur texnik shart mahsulotning sifati va texnologik jarayonni nazorat qilish imkonini bergan;
mikrokremnezem qo‘shilgan qo‘shimchali portlandsement olish texnologiyasi «Bekabodsement» AJda amaliyotga joriy etilgan («Bekabodsement» AJning 2020 yil 26 oktyabrdagi ShSh/1129-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori haroratda olinadigan qimmatbaho klinkerni tejash va qo‘shimchali portlandsementni sanoat miqyosida ishlab chiqarish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish