Jumaev Botir Melibaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Meva-sabzavot mahsulotlarini quritish jarayonini infraqizil konvektiv qurilma yordamida jadallashtirish», 02.00.16 – Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T338. 
Ilmiy rahbar: Norkulova Karima Tuxtabaevna, texnika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.03.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Muxiddinov Djalalitdin Paxritdinovich, texnika fanlari doktori, professor; Qurbonov Jamshed Madjidovich, texnika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mevalarni quritishning yuqori samarali resursini tejaydigan usulini yaratish va ularni quritish jarayonini infraqizil konvektiv usulda jadallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mevalarni IQ-konvektiv quritishning matematik modeli ishlab chiqilgan;
quritilayotgan xomashyo uchun maqbul parametrlari va dastlabki ishlov berish parametrlari ishlab chiqilgan;
mevalarni quritish jarayonini optimallashtirish usuli ishlab chiqilgan;
energiyani iqtisod qilish va jarayonning davomiyligini kamaytirish maqsadida namlik va haroratning bog‘liqligi bo‘yicha quritish usuli ishlab chiqilgan;
quritilgan olma va anjir tarkibidagi vitaminlar, qandlar va oqsillar miqdori an’anaviy usulga nisbatan yaxshiroq saqlanganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Mevalarni quritish jarayonini infraqizil konvektiv qurilma yordamida jadallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
meva-sabzavot mahsulotlarini quritish texnologiyasi «GOLD DRIED FRUITS EXPORT» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekoziqovqatxolding» AJning 2019 yil 22 fevraldagi AK/11-2-295-son ma’lumotnomasi). Natijada, olma va anjir mahsulotlarini quritish uchun elektr energiya sarfini 1,17 marta, quritish jarayonining davomiyligini 1,2 marta kamaytirish imkonini bergan; 
mevalarni quritish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha IX Respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida «Usmanov Jaxongir Saydalievich» DX bilan xo‘jalik shartnomasi tuzilgan (2016 yil 13 mayda 15/16-raqam bilan ro‘yxatga olingan). Natijada, meva-sabzavot mahsulotlarini tarkibidagi biofaol moddalari 90–95% saqlangan mahsulot olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish