Xodjikulova Saodat Narimanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xalqaro moliya institutlari tomonidan kichik biznes sub’ektlarini kreditlashni takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Iqt318.
Ilmiy rahbar: Vaxabov Abduraxim Vasikovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Amanov Akrom Abdunazarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Dodiev Fozil Utkurovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xalqaro moliya institutlarining kredit liniyalari mablag‘lari hisobiga kichik biznes sub’ektlarini kreditlashni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklarida davlat kafolati asosida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga suzuvchan stavkada kreditlash va qaytarish mexanizmini qo‘llash taklif etilgan;
xalqaro moliya institutlarining kreditlarini jalb etish bo‘yicha tijorat banklarining kreditlash imkoniyatlari, ularning likvidliligini ta’minlash va kapitallashuv darajasini oshirish asosida kengaytirish asoslangan;
tijorat banklari tomonidan yuridik maqom va yaxshi kredit tarixiga ega, kamida uch yil faoliyat yuritgan, 1-darajadagi to‘lov qobiliyati talablariga javob beradigan kichik biznes sub’ektlariga aktivlarining 80 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda ishonchli kreditlar berish taklif qilingan;
ishlab chiqarish, savdo va xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘chmas mulk, avtomobil` va tilla buyumlar garovi asosida talab va taklif ta’sirida shakllanadigan stavkalar bo‘yicha naqd va naqd bo‘lmagan shaklda 100 million so‘mgacha bo‘lgan miqdorda mikrokreditlar berish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xalqaro moliya institutlarining kredit liniyalari mablag‘lari hisobiga kichik biznes sub’ektlarini kreditlashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklarida davlat kafolati asosida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga suzuvchan stavkada kreditlash va qaytarish mexanizmini joriy etish bo‘yicha taklifi “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki 12-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan kredit siyosatida o‘z aksini topgan (“Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankining 2019 yil 9 sentyabrdagi 16/01-239-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi bankning qo‘shma korxonalarga berilgan kreditlar bo‘yicha foiz daromadlarini 12,1 foiz punktga oshirish imkonini bergan;
xalqaro moliya institutlarining kreditlarini jalb etish bo‘yicha tijorat banklarining kreditlash imkoniyatlari, ularning likvidliligini ta’minlash va kapitallashuv darajasini oshirish asosida kengaytirish bo‘yicha taklifi “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki 12-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan kredit siyosatida o‘z aksini topgan (“Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankining 2019 yil 9 sentyabrdagi 16/01-240-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif amaliyotga joriy qilinishi natijasida likvidlik va kapitalning etarliligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha iqtisodiy standartlarni, jumladan, joriy likvidlik koeffisientini 0,38 foiz punktga va birinchi darajali kapitalning tartibga soluvchi kapital umumiy hajmidagi ulushini 1,9 foiz punktga oshirishga erishilgan;
tijorat banklari tomonidan yuridik maqom va yaxshi kredit tarixiga ega, kamida uch yil faoliyat yuritgan, 1-darajadagi to‘lov qobiliyati talablariga javob beradigan kichik biznes sub’ektlariga aktivlarining 80 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda ishonchli kreditlar berish bo‘yicha taklifi “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat banki 5-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan kredit siyosatida o‘z aksini topgan (“Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka bankining 2020 yil 27 maydagi 15-3893-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif amaliyotga joriy qilinishi natijasida bank tomonidan 2019 yilda kichik biznes sub’ektlariga berilgan kreditlar hajmi 2018 yilga nisbatan 2,2 baravarga o‘sgan va 2019 yil 31 dekabr` holatiga 3,3 trln. so‘mni tashkil qilgan;
ishlab chiqarish, savdo va xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘chmas mulk, avtomobil` va tilla buyumlar garovi asosida talab va taklif ta’sirida shakllanadigan stavkalar bo‘yicha naqd va naqd bo‘lmagan shaklda 100 million so‘mgacha bo‘lgan miqdorda mikrokreditlar berish bo‘yicha taklifi “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat banki 5-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan kredit siyosatida o‘z aksini topgan (“Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka bankining 2020 yil 27 maydagi 15-3893-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi 2019 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga berilgan mikrokreditlar hajmini 2018 yilga nisbatan 12,5 foizga ko‘paytirishga imkon bergan va 2019 yil 31 dekabr` holatiga ko‘ra 80,4 mlrd. so‘mni tashkil qilgan.