Mirzaev Baxodir Qo‘ziboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyolar asosidagi kompleks polimer-mineral qo‘shimchalar qo‘shilgan keramzitbetonning strukturasi va xossalari», 05.09.05 – Qurilish materiallari va buyumlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T1367.
Ilmiy rahbar: Samigov Nigmatjon Abduraximovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, DSc.26/30.12.2019.T.11.01.
Rasmiy opponentlar: Xasanov Baxridin Baratovich, texnika fanlari doktori, professor; Turg‘unboev Urinbek Jamolovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy xomashyolar asosidagi yangi avlod kompleks polimer-mineral qo‘shimchalar bilan modifikatsiyalangan keramzitbetonning xossalarini o‘rganish va energiya tejamkor texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yangi avlod polimer-mineral kompleks qo‘shimchaning ta’sirini hisobga olgan holda keramzitbeton mikrostrukturasini shakllanishi asoslangan;
keramzitbeton xossalariga KDj-3 va KDj-3MB markadagi kompleks kimyoviy qo‘shimchalarning ta’sir qilish mexanizmi aniqlangan;
keramzitbeton mustahkamligini kompleks kimyoviy qo‘shimchalar miqdoriga bog‘liqligini ifodalovchi matematik model ishlab chiqilgan;
KDj-3 markadagi kompleks kimyoviy qo‘shimchadan foydalanishni hisobga olgan holda keramzitbeton ishlab chiqarishning energiyatejamkor texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahaliy xomashyolar asosidagi polimer-mineral kompleks qo‘shimchalar qo‘shilgan keramzitbetonning tarkiblarini loyihalash va xossalarini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida;
KDj-3 kompleks kimyoviy qo‘shimchasi bilan modifikatsiya qilingan tarkiblari devorbop bloklar ishlab chiqarish uchun “Fergana vibropress tensil” MChJ qurilish korxonasida joriy qilingan (“O‘zsanoat qurilish materiallari” uyushmasining 2020 yil 29 sentyabrdagi 05/15-3064-son ma’lumotnomasi). Natijada, keramzitbeton qorishmasining suvga talabchanligini 15-18% va sement sarfini 18-25% ga kamaytirish imkonini bergan;
KDj-3 kompleks kimyoviy qo‘shimchasidan foydalanib ishlab chiqilgan tarkiblari to‘suvchi devorlar uchun ariqcha-taroqli devorbop bloklar ishlab chiqarish uchun “Fergana vibropress tensil” MChJ qurilish korxonasida joriy qilingan (“O‘zsanoat qurilish materiallari” uyushmasining 2020 yil 29 sentyabrdagi 05/15-3064-son ma’lumotnomasi). Natijada, keramzitbeton tayyorlash uchun foydalaniladigan sement sarfini 25-30% ga iqtisod qilish imkonini bergan;
KDj-3 kompleks kimyoviy qo‘shimchasidan foydalanib ishlab chiqilgan tarkiblari shishato‘r bilan armaturalangan qoplama plitalar ishlab chiqarishda “Fergana vibropress tensil” MChJ qurilish korxonasida joriy qilingan (“O‘zsanoat qurilish materiallari” uyushmasining 2020 yil 29 sentyabrdagi 05/15-3064-son ma’lumotnomasi). Natijada, qalinligi 12,5 mm bo‘lgan qoplama plitalar ishlab chiqarish imkonini bergan.