Xudoyberdiev Abdurashid Abdirasulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda jamoat tartibi va xavfsizligini ma’muriy-huquqiy ta’minlashni takomillashtirish», 12.00.02. – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Yu150.
Ilmiy rahbar: Selimanova Svetlana Mixaylovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi,  DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Xudoyor Teshaevich, yuridik fanlar doktori, professor; Bekchanov Davron Masharipovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda jamoat tartibi va xavfsizligini ma’muriy-huquqiy ta’minlashni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy xulosa, taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qonun hujjatlarida milliy gvardiya harbiy xizmatchisi (xodimi)ning xizmat vazifalarini bajarishiga qarshilik ko‘rsatish yoki uning qonuniy talablarini bajarmaslik uchun ma’muriy javobgarlikni nazarda tutish zarurati isbotlangan;
normativ-huquqiy hujjatlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hamda Toshkent shahar hokimliklarining ommaviy tadbirlarning belgilangan talablarga javob beradigan ob’ektlarda o‘tkazilishini ta’minlash, ommaviy tadbir tashkilotchisi va (yoki) tadbir o‘tkazilayotgan ob’ekt ma’muriyati tomonidan ushbu tadbirlarni o‘tkazish shartlarining buzilishiga yo‘l qo‘yilganda, komissiyalarga ommaviy tadbirlarni o‘tkazish shartlariga rioya etilishini tekshirish yuzasidan topshiriqlar berish bo‘yicha huquq va vazifalarini belgilash zarurati asoslantirilgan;
birinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ruxsatnomalar berishda hududiy ichki ishlar organlari bilan bir qatorda, milliy gvardiya hududiy bo‘linmalarining ham roziligi talab etilishini qonun hujjatlarida mustahkamlash zarurati ilmiy asoslangan;
zamonaviy yondashuv asosida «ommaviy tadbirlar»ning tushunchasi, mohiyati va turlari ilmiy asoslangan, idoraviy normativ hujjatlarda «ommaviy tadbirlar» va «ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda xavfsizlikni ta’minlash bo‘linmalari» tushunchalarini aks ettirish lozimligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda jamoat tartibi va xavfsizligini ma’muriy-huquqiy ta’minlashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qonun hujjatlarida milliy gvardiya harbiy xizmatchisi (xodimi)ning xizmat vazifalarini bajarishiga qarshilik ko‘rsatish yoki uning qonuniy talablarini bajarmaslik uchun ma’muriy javobgarlikni nazarda tutishga doir takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 29 oktyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-575-son Qonuni 1-moddasining birinchi va ikkinchi bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2020 yil 12 maydagi 8-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi milliy gvardiya bo‘linmalarining ommaviy tadbirlarni o‘tkazish vaqtida jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasidagi vakolatlarini keng qo‘llashga imkon yaratgan;
normativ-huquqiy hujjatlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hamda Toshkent shahar hokimliklarining ommaviy tadbirlarning belgilangan talablarga javob beradigan ob’ektlarda o‘tkazilishini ta’minlash, ommaviy tadbir tashkilotchisi va (yoki) tadbir o‘tkazilayotgan ob’ekt ma’muriyati tomonidan ushbu tadbirlarni o‘tkazish shartlarining buzilishiga yo‘l qo‘yilganda, komissiyalarga ommaviy tadbirlarni o‘tkazish shartlariga rioya etilishini tekshirish yuzasidan topshiriqlar berish bo‘yicha huquq va vazifalarini belgilashga doir taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 iyuldagi «Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 559-son qarori bilan tasdiqlangan Ilovaning 7011- va 7012-bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 2 sentyabrdagi 12/20-11-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning inobatga olinishi ommaviy tadbir tashkilotchisi va (yoki) tadbir o‘tkazilayotgan ob’ekt ma’muriyati tomonidan ushbu tadbirlarni o‘tkazish shartlari buzilishining oldini olishga hamda qonunchilikda maxsus komissiyalarning ommaviy tadbirlarni o‘tkazish shartlariga rioya etilishini tekshirish, topshiriqlar berish yuzasidan huquqlari va vazifalarining belgilanishiga xizmat qilgan; 
birinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ruxsatnomalar berishda hududiy ichki ishlar organlari bilan bir qatorda, milliy gvardiya hududiy bo‘linmalarining ham roziligi talab etilishini qonun hujjatlarida belgilashga doir takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 iyuldagi «Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 559-son qarori ilovasining 3-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Markaziy devonining 2020 yil 15 fevraldagi 1241-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
idoraviy normativ hujjatlarda «ommaviy tadbirlar» va «ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda xavfsizlikni ta’minlash bo‘linmalari» tushunchalarini aks ettirishga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2017 yil 13 iyuldagi «O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Patrul`-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi tizimidagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda xavfsizlikni ta’minlash bo‘linmalari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 148-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan nizomning ikkinchi bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2020 yil 23 sentyabrdagi 6/1416-son ma’lumotnomasi). Takliflarning inobatga olinishi ommaviy tadbirlar bilan bog‘liq ilmiy-nazariy tushunchalarning yagona shaklda qo‘llanilishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish