Sayt test rejimida ishlamoqda

Meliqo‘ziev Mirkomil Voxidjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shaharlar elektr ta’minoti tizimi parametrlarini tanlash usullari va algoritmlarini takomillashtirish», 05.05.02 – Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T1829.
Ilmiy rahbar: Taslimov Abduraxim Dehqonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/10.12.2019.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Gayibov To‘lqin Shernazarovich, texnika fanlari doktori, professor; Berdishev Abduraxim Sulamanovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent. 
Etakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik instituti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi shaharlar elektr ta’minoti tizimining optimal parametrlarini tanlash, ularning o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganish va tanlangan parametrlar asosida shaharlar elektr ta’minoti tizimi optimal konfiguratsiyasini qurish algoritmini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaharlar elektr ta’minoti tizimi elementlarining parametrlarini tanlash imkonini beruvchi umumiy xarajatlar hamda texnik chegaralanishlarning matematik ifodalari ishlab chiqilgan;
elektr yuklama zichligining qiymati keng oraliqda o‘zgarganda shahar taqsimlovchi elektr tarmoqlari kabellarini yagona kesim yuzasi bilan qurish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi isbotlangan;
shaharlar elektr ta’minoti tizimi parametrlarini optimallashtirish asosida transformator podstansiyasining optimal quvvati va kabel liniyasining uzunligini elektr yuklama zichligiga bog‘liq holda aniqlash imkonini beruvchi matematik ifodalari taklif etilgan hamda parametrlarning optimal qiymatlari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan;
shaharlar elektr ta’minoti tizimining tanlangan parametrlarini hisobga oluvchi uning optimal konfiguratsiyasini qurish algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Shaharlar elektr ta’minoti tizimi tarmoqlarining optimal parametrlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Toshkent shahri va viloyatida past kuchlanishli elektr tarmoqlarini loyihalashda optimal parametrlar “O‘zenergoinjiniring” AJda joriy etilgan («O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJning 2020 yil 25 sentyabrdagi 01-04-07/3397-son ma’lumotnomasi). Natijada, yiliga 115 050 000 so‘mlik (2019 yil 1 avgustdagi tarif bo‘yicha 1 kVt∙soat elektr energiyasining narxi 295 so‘m) iqtisodiy samaradorlikni olish imkonini bergan;
shahar elektr ta’minoti tizimi optimal parametrlarining qiymatlari bo‘yicha tavsiyalar Toshkent shahridagi mavjud elektr tarmoqlarini yangilashda va qayta qurishda “O‘zenergoinjiniring” AJda joriy etilgan («O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJning 2020 yil 25 sentyabrdagi 01-04-07/3397-son ma’lumotnomasi). Natijada, tavsiya etilgan tarmoq parametrlaridan foydalanish belgilangan hudud uchun elektr energiyasining yillik isrofini 390000 kVt∙soatga kamaytirish imkonini bergan;
tanlangan parametrlarga ega bo‘lgan taqsimlovchi elektr tarmoqlarining optimal konfiguratsiyasini qurish dasturi “O‘zenergoinjiniring” AJda joriy etilgan («O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJning 2020 yil 25 sentyabrdagi 01-04-07/3397-son ma’lumotnomasi). Natijada, 0,38 kV li taqsimlovchi elektr tarmoq kabel liniyasining umumiy uzunligini 15 km (13%) ga qisqarish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish