Abdullaev Anvar Farxadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim muassasalarini moliyalashtirishni takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Iqt1203.
Ilmiy rahbar: Raxmonov Dilshodjon Alidjonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019. I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Pulatov Dilshod Xakberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: V.G.Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha ta’lim muassasalarini moliyalashtirishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha ta’lim muassasalarini moliyalashtirish parametrlarini shakllantirish tarbiyalanuvchilarning psixologik tayyorgarligini ta’minlash xarajatlari nisbati muvofiqlashtirilgan;
maktabgacha ta’lim muassasalarida moliyalashtirish ko‘rsatkichlari o‘zaro nisbatlarini aniqlash orqali optimal byudjetlashtirish metodi taklif etilgan;
maktabgacha ta’lim muassasalarida qo‘shimcha pulli ta’lim xizmatlarini joriy etishni guruhlar kesimida tabaqalashtirish orqali byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish taklif etilgan;
maktabgacha ta’lim muassasalarida moliyalashtirish ko‘rsatkichlarini shakllantirishda tarbiyalanuvchilarning yoshi va ularning muassasada bo‘lishi davomiyligini inobatga olish orqali xarajatlar smetasini tuzish uslubi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim muassasalari moliyalashtirilishini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
maktabgacha ta’lim muassasalarini moliyalashtirish parametrlarini shakllantirishda tarbiyalanuvchilarning psixologik tayyorgarligini ta’minlashning xarajatlar nisbatini belgilash taklifi Maktabgacha ta’lim vazirining 2019 yil 14 oktyabrdagi “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 188-son buyrug‘ini ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2020 yil 22 yanvardagi 02-02/3-10-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida psixolog lavozimi 5 ta guruh bo‘lganda 0,5 stavka, 9 ta guruh bo‘lganda 1 ta stavka etib belgilanishiga xizmat qilgan;
maktabgacha ta’lim muassasalarida moliyalashtirish ko‘rsatkichlari o‘zaro nisbatlarini aniqlash orqali optimal byudjetlashtirish metodi taklifi Maktabgacha ta’lim vazirining 2019 yil 14 oktyabrdagi “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 188-son buyrug‘ini ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2020 yil 22 yanvardagi 02-02/3-10-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif asosida tarbiyachi-metodist lavozimi 3 ta guruh bo‘lganda 0,5 stavka, 6 ta guruh bo‘lganda 1 stavka qilib belgilangan;
maktabgacha ta’lim muassasalarida qo‘shimcha pulli ta’lim xizmatlarini joriy etishni guruhlar kesimida tabaqalashtirish orqali byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish taklifi O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni 24-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2020 yil 22 yanvardagi 02-02/3-10-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif asosida maktabgacha ta’lim muassasalarida pulli xizmatlarni differensial tarzda tizimlashtirishga xizmat qilgan;
maktabgacha ta’lim muassasalarida moliyalashtirish ko‘rsatkichlarini shakllantirishda tarbiyalanuvchilarning yoshi va ularning muassasada bo‘lishi davomiyligini inobatga olish orqali xarajatlar smetasini tuzish taklifi O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni 31-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2020 yil 22 yanvardagi 02-02/3-10-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif asosida maktabgacha ta’lim muassasalarida guruhlarni optimal shakllantirishga sharoit yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish