Samatov Zokir Olloqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sanoat korxonalarining oliy ta’lim muassasalari bilan innovatsion korporativ hamkorligini rivojlantirish”, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Iqt1187.
Ilmiy rahbar: Toshqulov Abduqodir Hamidovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: Salimov Baxtiyor Tadjievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Turdiev Abdullo Sa’dullaevich, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sanoat korxonalarining oliy ta’lim muassasalari bilan innovatsion korporativ hamkorligini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sanoat korxonalarining raqobat ustunligini biznes markaz, texnopark, innovatsion markaz, axborot maslahat markazlarini oliy ta’lim muassasalari bilan integratsion tarzda manzilli rivojlantirish asosida oshirish asoslangan;
sanoat korxonalari va oliy ta’lim muassasalari innovatsion korporativ hamkorligida “Innovatsiya va integratsiya” qo‘shma markazini tashkil etishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi asoslangan;
sanoat korxonalarining oliy ta’lim muassasalari bilan integratsion hamkorligini maqsadli rivojlantiruvchi ishlab chiqarish sexi va ilmiy-uslubiy laboratoriya shaklida amalga oshirish va faoliyat natijalarini shartnomalar asosida tijoratlashtirishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi asoslangan;
mintaqaviy muammolar echimi yuzasidan oliy ta’lim muassasalararo platformani yaratish va “ishlab chiqarish - fan integratsiyasi”ni chuqurlashtirish asosida Surxondaryo viloyati sanoat korxonalari faoliyatini innovatsion rivojlantirish imkoniyatlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sanoat korxonalarining oliy ta’lim muassasalari bilan innovatsion korporativ hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
canoat korxonalarining raqobatbardoshlik darajasini oshirish uslubi O‘zbekiston Respublikasi qurilish vazirligiga qarashli korxonalarda, “O’ZBEKGIDRO-ENERGOQURILISH” AJ va unga qarashli korxonalarning hamda “PETROMARUZ UZBEKISTAN” MChJ xorijiy korxonalarining OTMlar bilan innovatsion korporativ hamkorligini rivojlantirishda ilm-fan, ta’lim, ishlab chiqarishning integratsiyasini chuqurlashtirish asosida innovatsion faoliyatda OTMlar bilan texnologik infratuzilmalarni rivojlantirishni (texnoparklar, innovatsion markazlar, biznes markazlar, axborot-maslahat markazlarini tashkil etish) e’tiborga olgan holda takomillashtirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2020 yil 30 oktyabrdagi №EK-677/13-14-son, “O’ZBEKGIDROENERGOQURILISH” AJning 2020 yil 26 oktyabrdagi №03/1285-son, “PETROMARUZ UZBEKISTAN” MChJ xorijiy korxonasining 2020 yil 30 sentyabrdagi №UZB01-07/371D-son ma’lumotnomalari). Mazkur takliflarning amaliyotda joriy qilinishi natijasida O‘zbekiston Respublikasi qurilish vazirligiga qarashli korxonalarda ilmiy-texnik ishlanmalar ko‘lamini 0,9 foizga va korxona raqobatbardoshlik darajasini 8 foizga, “O’ZBEKGIDROENERGOQURILISH” AJ va unga qarashli korxonalarda ilmiy-texnik ishlanmalar ko‘lamini 0,9 foizga va korxona raqabotbardoshlik darajasini 8 foizga, “PETROMARUZ UZBEKISTAN” MChJ xorijiy korxonasida ilmiy-texnik ishlanmalar ko‘lamini 0,8 foizga, korxona raqobatbardoshlik darajasini esa 7,5 foizga oshirish imkonini bergan;
O‘zbekiston Respublikasi qurilish vazirligiga qarashli korxonalar, “OZBEKGIDROENERGOQURILISH” AJ va unga qarashli korxonalar, “PETROMARUZ UZBEKISTAN” MChJ xorijiy korxonasi hamda OTMlarning integratsion hamkorligini rivojlantiruvchi o‘zaro ilmiy-texnik va innovatsion faoliyat natijalarini tijoratlashtirish xususiyatlariga ega bo‘lgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizm ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2020 yil 30 oktyabrdagi EK-677/13-14- son, “O’ZBEKGIDROENERGOQURILISH AJning 2020 yil 26 oktyabrdagi 03/1285-son, “PETROMARUZ UZBEKISTAN” MChJ xorijiy korxonasining 2020 yil 30 sentyabrdagi UZB01-07/371D-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifning amaliyotda joriy qilinishi innovatsion iqtisodiyot shakllanishi sharoitida O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga qarashli korxonalarning (tovar yoki xizmatlar) bozoridagi ulushini 13,4 foizgacha, “O’ZBEKGIDROENERGOQURILISH” AJ va unga qarashli korxonalarning (tovar yoki xizmatlar) bozoridagi ulushini 13,4 foizgacha, “PETROMARUZ UZBEKISTAN” MChJ xorijiy korxonasining (tovar yoki xizmatlar) bozoridagi ulushini 12,8 foizgacha etkazish imkonini bergan;
sanoat korxonalari va OTMlar integratsiyasini manzilli rivojlantirishga asoslangan “innovatsiya va integratsiya” markazini tashkil etgan holda hudud iqtisodiyoti va sanoat korxonalarini samarali rivojlantirish imkonini beruvchi uslubiy yondoshuv ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2020 yil 30 oktyabrdagi EK-677/13-14-son, “O’ZBEKGIDROENERGOQURILISH” AJning 2020 yil 26 oktyabrdagi 03/1285-son, “PETROMARUZ UZBEKISTAN” MChJ xorijiy korxonasining 2020 yil 30 sentyabrdagi UZB01-07/371D-son ma’lumotnomalar). Mazkur markazning tashkil etilishi Termiz davlat universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga qarashli korxonalar, “O’ZBEKGIDROENERGOQURILISH” AJ va unga qarashli korxonalar hamda “PETROMARUZ UZBEKISTAN” MChJ xorijiy korxonalari bilan innovatsion korporativ hamkorlikni rivojlantirishni mos ravishda 8,4 foizga, 8,4 foizga va 8,7 foizga oshirish imkonini bergan;
sanoat korxonalari bilan OTM integratsion faoliyatini maqsadli amalga oshirish va rivojlantirish jarayonlarini samarali tashkil etishni rag‘batlantirish modeli ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2020 yil 30 oktyabrdagi №EK-677/13-14-son, “OZBEKGIDROENERGOQURILISH” AJning 2020 yil 26 oktyabrdagi №03/1285-son, “PETROMARUZ UZBEKISTAN” MChJ xorijiy korxonasining 2020 yil 30 sentyabrdagi UZB01-07/371D-son ma’lumotnomalari). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga qarashli korxonalar Termiz davlat universiteti bilan ilmiy-texnik va innnovatsion korporativ hamkorlikni 4,5 foizga rivojlantirish imkonini bergan, 2020 yilning o‘zida hamkorlikda ikkita loyihani amalga oshirish bo‘yicha shartnomalar tuzilgan. “O’ZBEKGIDROENERGOQURILISH” AJ va unga qarashli korxonalar Termiz davlat universiteti bilan ilmiy-texnik va innovatsion korporativ hamkorlik hajmi 4,5 foizga ortgan, 2020 yilning o‘zida hamkorlikda ikkita loyihani amalga oshirish bo‘yicha shartnoma tuzilgan. “PETROMARUZ UZBEKISTAN” MChJ xorijiy korxonasi va Termiz davlat universiteti bilan ilmiy-texnik va innovatsion korporativ hamkorlik hajmi 4,8 foizga ortgan, 2020 yilning o‘zida hamkorlikda ikkita loyihani amalga oshirish bo‘yicha shartnoma tuzilgan.