Zaripova Dilnoza Anvarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ta’limni axborotlashtirish sharoitida kasb ta’limi yo‘nalishi talabalarini innovatsion faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped856.
Ilmiy rahbar: Zakirova Feruza Maxmudovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarning qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped 48.01.
Rasmiy opponentlar: To‘raqulov Olim Xolbo‘taevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Urazova Marina Batirovna pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat universiteteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ta’limni axborotlashtirish sharoitida kasb ta’limi yo‘nalishi talabalarini innovatsion faoliyatga tayyorlash tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’limni axborotlashtirish sharoitida kasb ta’limi yo‘nalishi talabalarini innovatsion faoliyatga tayyorlash mazmuni innovatsion-moslashuv, innovatsion-foydalanuvchi, innovatsion-tadqiqot va innovatsion-loyihalash bosqichlarini aniqlash orqali takomillashtirilgan;
oliy ta’limni axborotlashtirish sharoitida kasb ta’limi yo‘nalishi talabalarining innovatsion faoliyatga tayyorgarligini baholash jarayoni innovatsion-pedagogik-bilimlar, innovatsion-texnologik ko‘nikmalar va innovatsion kasbiy kompetentlik mezonlarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’limni axborotlashtirish sharoitida kasb ta’limi yo‘nalishi talabalarini innovatsion faoliyatga tayyorlash usullari SMART, SMART portfolio, “Chalk and talk” usullarini tatbiq etish orqali takomillashtirilgan; 
ta’limni axborotlashtirish sharoitida kasb ta’limi yo‘nalishi talabalarini innovatsion faoliyatga tayyorlash vositalari “Tarmoqli bumerang” texnologiyasi va undan foydalanish metodikasini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Oliy ta’lim muassasalarini axborotlashtirish sharoitida kasb ta’limi yo‘nalishi talabalarini innovatsion faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va ishlab chiqilgan takliflar asosida:
oliy ta’limni axborotlashtirish sharoitida kasb ta’limi yo‘nalishi talabalarini innovatsion faoliyatga tayyorlashda umumkasbiy va maxsus fanlarini “Tarmoqli bumerang texnologiyasi” hamda SMART usuli asosida o‘qitish metodikasi “Ta’lim texnologiyalari” o‘quv qo‘llanmasida (№133-108, 2019) o‘z ifodasini topgan va o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 11 dekabrdagi 89-06-87-son ma’lumotnomasi). Natijada kasb ta’limi sohasiga raqobatbardosh kadrlar tayyorlash tizimining samaradorligi oshgan; 
kasb ta’limi yo‘nalishi talabalarini innovatsion faoliyatga tayyorlashning innovatsion-moslashuv, innovatsion-foydalanuvchi, innovatsion-tadqiqot va innovatsion-loyihalash bosqichlari hamda baholash mezonlari “5350400 – Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi malaka talablari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 11 dekabrdagi 89-06-87-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarni innovatsion faoliyatga tayyorlash tizimi takomillashtirilib, ta’lim sifati oshgan;
oliy ta’limni axborotlashtirish sharoitida kasb ta’limi yo‘nalishi talabalarini innovatsion faoliyatga tayyorlashda SMART, SMART- portfolio, “Chalk and talk” usullarini qo‘llashga doir ishlanmalardan “AB_Atex-20182737 O‘zbekistonda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq etish muammolari va unda axborotlashgan iqtisodiyot o‘rni” loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2020 yil 25 iyundagi 33-8/3489-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak kasb ta’limi mutaxassislarining innovatsion kompetentlik darajasi oshgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish