Sayt test rejimida ishlamoqda

Madaliev Murodil Erkinjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Havo separatorlari ichida sodir bo‘ladigan jarayonlarni ko‘p fazali muhitlar nazariyasi asosida modellashtirish», 01.02.05 – Suyuqlik va gaz mexanikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/FM235.
Ilmiy rahbar: Malikov Zafar Mamatqulovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, DSc.02/30.12.2019. T/FM.61.01.
Rasmiy opponentlar: Xo‘jayorov Baxtiyor Xo‘jayorovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Arifjanov Aybek Muxamedjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ikki fazali polidispers muhitlar turbulent oqimlarining matematik modelini qo‘llash orqali markazdan qochma separator konstruksiyasining maqbul parametrlarini aniqlashdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi:
ilk bor fazalararo o‘zaro ta’sirni hisobga olgan holda Reynol`ds kuchlanishlari RSM turbulentligining chiziqli bo‘lmagan modeli yordamida separatordagi ikki fazali aylanma oqimning tuzilgan matematik modelining boshqa modellarga nisbatan adekvatlik jihatdan ustunligi isbotlangan;
chiziqli bo‘lmagan turbulentlik modeli asosida Reynol`ds tenglamalar sistemasini yangi o‘zgaruvchilar asosida sonli echish usuli ishlab chiqilgan;
yangi markazdan qochma separatorning yordamchi elementlarining optimal parametrlarini sonli hisoblash uslubi ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan trapesiyasimon kurakchalar asosida kukunlarni ajratish uchun yuqori samarali markazdan qochma separator yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Markazdan qochma separatordagi ikki fazali polidispers muhitlar turbulent oqimlarini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
markazdan qochma separator konstruksiyasining maqbul parametrlari Olmaliq kon-metallurgiya kombinati uchun rux kukuni ajratgichini ishlab chiqarishga joriy etilgan (Olmaliq kon-metallurgiya kombinati OAJning 2020 yil 21 fevraldagi AS-01441-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rtacha kattaligi 7 mikron bo‘lgan (GOST 12601-76) PS-4 rux kukunini ajratish imkoni yaratilgan;
separator ichida kechadigan jarayonning aerodinamikasini o‘rganish natijalari qurilma ratsional parametrlarini topishga qo‘llanilgan (Olmaliq kon-metallurgiya kombinati OAJ ning 2020 yil 21 fevraldagi AS-01441-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqarish jarayonida rux kukuni ajratgichining F.I.K.ni 50% dan 70% gacha oshirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish