Kayumov Abdulmalik Xamidovichning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Paxtani quritish jarayonini modellashtirish asosida tola sifatini yaxshilash”, 05.06.02 – To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish(texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSs/T154.
Ilmiy maslahatchi:Parpiev Azimjon, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti,DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Maksudov Ravshan Xasanovich, texnika fanlari doktori, professor;Xakimov Sherkul Sherg‘ozievich, texnika fanlari doktori, dotsent; Sarimsakov Olimjon Sharipjanovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi paxta xomashyosini quritish jarayonini matematik modellashtirish asosida tola sifatiniyaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta komponentlarini quritish jarayonida qizish qonuniyatlari, baraban uzunligi bo‘ylab paxta va havo temperaturalarining o‘zgarishiga barabanning ish unumdorligi va quritish agenti temperaturalarining ta’sirini aniqlash metodi ishlab chiqilgan;
quritilgan paxta temperaturasi o‘zgarishining matematik modellari asosida havo quvuri uzunligi bilan paxta temperaturasi va namligi o‘rtasidagi bog‘lanishlar hamda tozalash jarayonlarida paxta temperaturasining o‘zgarishini aniqlash metodi ishlab chiqilgan;
tozalash va jinlash jarayonlarini samarali amalga oshiruvchi, paxtani quritish karraliligi, temperaturasi bilan tozalash samaradorligi, paxta komponentlarining namligi va temperaturalari hamda toladagi nuqsonli aralashmalar va ifloslik miqdori o‘rtasidagi bog‘lanishlar olingan;
quritishning paxta navlari hamda tozalash va jinlash jarayonlari samaradorligini inobatga oluvchi matematik modellari asosida toladagi nuqsonli aralashma va iflosliklar miqdorini oldindan bashoratlash va boshqarish imkonini beruvchi texnologiya yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Paxtani quritish va texnologik oqim bo‘yicha issiqlik-namlik almashuv jarayonlarini modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan matematik modellarga asoslangan, paxta xomashyosining boshlang‘ich namligiga qarab optimal quritish rejimini tanlash vapaxta komponentlarining sifat ko‘rsatkichlarini oldindan bashoratlash imkonini beruvchi paxtani quritish texnologiyasi va optimal quritish rejimlari “O‘zpaxtasanoat” AJ tassarufiga kiruvchi “Pop paxta tozalash” korxonasida joriy qilingan (“O‘zpaxtasanoat” AJning 2020 yil 25 sentyabrdagi 03-18/2370-son ma’lumotnomasi). Natijada, paxta xomashyosining optimal qiymatda quritilishi tola sifatini bir sinfga oshirish imkonini bergan;
paxta xomashyosini samarali tozalash va jinlash hamda tola sifatini to‘liq saqlash imkoniyatini beruvchi quritish rejimlari va paxta komponentlarining sifat ko‘rsatkichlarini oldindan bashoratlash imkonini beruvchi paxtani quritish texnologiyasi “O‘zpaxtasanoat” AJ tassarufiga kiruvchi “Mingbuloq paxta tozalash” korxonasida joriy qilingan (“O‘zpaxtasanoat” AJning 2020 yil 25 sentyabrdagi 03-18/2370-son ma’lumotnomasi). Natijada, paxta xomashyosini tozalash samaradorligining oshishi toladagi ifloslik va nuqsonli aralashmalar massaviy ulushini absolyut 1,03% ga kamaytirishni ta’minlagan.
paxtani quritish va texnologik oqim bo‘yicha issiqlik-namlik almashuv jarayonlarini modellashtirish “O‘zpaxtasanoat” AJgajoriy qilingan (“O‘zpaxtasanoat” AJning 2020 yil 25 sentyabrdagi 03-18/2370-son ma’lumotnomasi).Natijada,paxtani quritish bir tekisligining ortishiga, tozalash va jinlash mashinalari samaradorligining oshishiga hamda tola sifatining bir sinf yuqorilashi ta’minlangan.