Jumaniyozov Hurmatbek Palvannazirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Arvaten koni diabazi asosida shishakristall koshinlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.15 – Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1893. 
Ilmiy rahbar: Aripova Mastura Xikmatovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Urganch davlat universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Yunusov Mirjalil Yusupovich, texnika fanlari doktori, professor; Talipov Nig‘matulla Xamidovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «Fizika-Quyosh» IIChB Materialshunoslik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatiga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Arvaten koni diabazi asosida shishakristall koshinlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Arvaten koni diabazining mineralogik tarkibi oligoklaz (Ca,Na)Al2Si2O8, ortaklaz K(AlSi3O8), avgit (Mg,Fe2+)[Si2O6SaFe3+(AlSiO6)], xlorit Mg4,5Al2,5[OH]8(Si3AlO10), kal`sit SaSO3 va kvars  SiO2dan iboratligi aniqlangan;
Arvaten koni diabazi 1200 ºS haroratda amorf holatga o‘tishi va hosil bo‘lgan  eritmani kristallash natijasida anortit va avgit fazalari shakllanishi aniqlangan;
izo- va geterovalentli izomorfizm tamoyillari asosida diabazning Ca[Al2Si2O8] tuzilishli kristallokimyoviy formulasi (Ca[Al0,728Si1,774O5,640]) hisoblangan va anortit tarkibli shishakristall material olish nazariy jihatdan asoslangan; 
kaolin-diabaz-ShGKM Al2O3 chiqindisi tizimida shisha hosil bo‘lish maydoni chegarasi va fizik-kimyoviy xossalarining komponent tarkibiga funksional bog‘liqligi aniqlangan;
shishakristall koshinlar olish uchun kaolin-diabaz-ShGKM Al2O3 chiqindisi tizimida shisha tarkiblari ishlab chiqilgan;
kaolin-diabaz-ShGKM Al2O3 chiqindisi tizimida shishalarning kristallanish qobiliyati va stuktura hosil bo‘lish mexanizmi aniqlangan;
Arvaten koni diabazi asosida shishakristall koshinlar olishning texnologik rejimlari aniqlangan va ishlab chiqarish texnologiyasi yaratilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Arvaten koni diabazi asosida shishakristall koshinlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yaratilgan tarkib va ishlab chiqilgan parametrlar asosidagi  shisha olish texnologiyasi «Asl Oyna» MChJda amaliyotga joriy qilingan («O‘zsanoatqurilish-materiallari» uyushmasining 2020 yil 25 avgustdagi 05/15-2571-son ma’lumotnomasi). Natijada, shishakristall koshinlar ishlab chiqarish uchun shisha olish imkonini bergan;
shishakristall koshinlar tarkibi va olish texnologiyasi «Xiva sopoli» MChJda amaliyotga joriy qilingan («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2020 yil 25 avgustdagi 05/15-2571-son ma’lumotnomasi). Natijada, tannarxi 6 barobar arzonlashgan shishakristall koshinlar ishlab chiqarish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish