Zayniev Alisher Faridunovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qalqonsimon bez tugunli hosilalarini xirurgik davolashda differensial yondashuv», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib580.
Ilmiy rahbar: Kurbaniyazov Zafar Babajanovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Saidganixuja Ibragimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abuali Ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat medisina universiteti (Tojikiston Respublikasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qalqonsimon bez tugunli xosilalari bilan bo‘lgan bemorlarda tashrix xajmini tanlashga qiyosiy yondashuv va tashrixdan keyingi asoratlarni kamaytirishning samarali usullarini ishlab chiqish yo‘li bilan davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aniqlangan gistologik o‘zgarishlarning bo‘qoq qaytalanishi chastotasi va rivojlanish xarakteriga ta’sir darajasini qiyoslash bilan perinodulyar tireoid to‘qima xolatining patomorfologik xususiyatlari aniqlashtirilgan;
qalqonsimon bez tugunli transformatsiyasining morfologik shakllari, xamda bajarilgan tashrix amaliyotlari xajmiga ko‘ra, bo‘qoq yoki gipotireoz qaytalanishining patogenetik o‘zaro bog‘liqliligi isbotlangan;
tashrix oldi ingichka ignali aspiratsion biopsiya, uning ortidan tashxislashning intraoperatsion ekspress – biopsiya bilan morfologik tadqiqot o‘tkazish qalqonsimon bez tugunli xosilasi gistologik shakllarini aniqlashda informativlikni oshirish imkonini berishi aniqlangan;
a’zo to‘qimasining qo‘shimcha travmatizatsiyasisiz qalqonsimon bezni to‘liq ekspozisiyasini ta’minlovchi modifisirlangan jaroxat kengaytirgichdan foydalangan xolda, tireoidektomiyani bajarishning texnik aspektlari mukammallashtirilgan;
tireoidektomiya o‘tkazgan bemorlar xayot sifatini baxolash shkalasini mukammallashtirish imkonini beruvchi jismoniy, ruxiy va ijtimoiy kunlik faoliyatga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy patognomonik omillari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qalqonsimon bez tugunli xosilalari bilan bemorlarni tashxislash va jarroxlik yo‘li bilan davolashni yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida: 
“Qalqonsimon bez kasalliklari bilan bemorlarni olib borish algoritmi” uslubiy tavsiyalari tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 30 oktyabrdagi 8n-z/134-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar jarroxlik yo‘li bilan dvolashga qiyosiy yondashuv xamda tashrixdan keyingi asoratlarni oldini olishni xisobga olgan xolda, qalqonsimon bez tugunli xosilalarini jarroxlik yo‘li bilan davolash taktikasini tanlashni mukammallashtirish imkonini bergan;
qalqonsimon bez tugunli xosilalari bilan bemorlarni tashxislash va jarroxlik yo‘li bilan davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash, xususan, Samarqand davlat tibbiyot instituti 1-klinikasi jarroxlik bo‘limi, Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi va Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 30 oktyabrdagi 8n-z/134-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi qalqonsimon bez tugunli xosilalari bilan bemorlarga ko‘rsatiladigan yordam sifatini yaxshilash, yaqin tashrixdan keyingi asoratlar chastotasini 21,2% dan 2,9% ga, kechki asoratlarni 24,1% dan 4,7% ga qisqartirish imkonini bergan, bu esa qoniqarli va a’lo natijalarini 82,7% dan 98,7% ga yaxshilashn ta’minlagan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish