Axmedov Azimjon Normo‘minovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Past navli paxta chigitlaridan engil rafinatsiyalanadigan forpress moyini ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.17–«Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/T84.
Ilmiy maslahatchi: Abduraximov Saidakbar Abduraxmonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Isabaev Ismail Babadjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Qurbonov Jamshed Majidovich, texnika fanlari doktori, professor; Mirzaraxmetova Dilbar Toxtamuratovna, texnika fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: past navli paxta chigitidan dastlabki oqartirilgan forpress moylarini olish va rafinatsiyalash texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
past navli paxta chigitidan olingan mag‘iz, yanchilma, myatka va qovurmadagi gossipol jelezkasi yo‘qolishi, kichik sferosomalar tarkibida trigliseridlar bilan saqlanishi isbotlangan;
I-II hamda III-IV navli paxta chigiti aralashmalaridan olingan mag‘izni yanchishda, bir necha eksponentalardan iborat murakkab egri chiziqli o‘zgarib turuvchi 40 – 450 mkm o‘lchamdagi zarrachalar hosil bo‘lishi va chaqilmaning murakkab tarkibi paxta chigiti mag‘zining ko‘p komponentliligi bilan asoslangan;
paxta chigiti mag‘zining namligi oshishi bilan globula parchalanishi va moy ajralishi eksponensial qonunga binoan kamayishi, ajralishining yuqori darajasi 1,1 mm, past darajasi esa 0,7 mm qalinlikdagi yanchilmalar olinishi aniqlangan;
III-IV navli paxta chigitidan presslab olinadigan to‘q rangli moylarni dastlabki oqartirish uchun karbamid bilan modifikatsiyalangan mahalliy tuproqli adsorbentlar yordamida moyning rangini doimiy 35 sariq, 17 qizil va 1,7 ko‘k birliklarga kamaytirishi aniqlangan;
karbamidli modifikatsiyalangan adsorbent qo‘llanganda kunjara granulalari moyliligi me’yorlarga mosligi, shrot tarkibida chorva mollari uchun zarur minerallar triatsilgliseridlar, A va E provitaminlar (karotinoidlar, tokoferol) saqlanib qolishi aniqlangan;
past navli paxta chigitidan dastlabki oqartirilgan forpress moylarini olish va rafinatsiyalashning takomillashtirilgan texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Past navli paxta chigitidan engil rafinatsiyalangan forpress moyini olish va rafinatsiyalash texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
past navli paxta chigitidan rafinatsiyalanmagan press moyi va yuqori moyli kunjara olish texnologiyasi «Koson yog‘-ekstraksiya» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zyog‘moysanoat» uyushmasining 2020 yil 9 martdagi OZ/3-345-son ma’lumotnomasi). Natijada, «forpress-ekstraksiya» usuli bilan past navli paxta chigitidan yuqori moyli kunjara olish, ekstraksiya moyining chiqish miqdorini 1,20–1,25 martaga oshirish imkonini bergan;
past navli paxta chigitidan olingan to‘q rangli press moylarini karbamid bilan modifikatsiyalangan adsorbentlardan foydalanib, dastlabki oqartirish texnologiyasi «Koson yog‘-ekstraksiya» AJda amaliyotga joriy qilingan («O‘zyog‘moysanoat» uyushmasining 2020 yil 9 martdagi OZ/3-345-son ma’lumotnomasi). Natijada, modifikatsiyalangan tuproqli adsorbentlar yordamida past navli paxta chigitidan olingan rafinatsiyalanmagan xom moyning rangini doimiy 35 sariq, 17 qizil va 1,7 ko‘k birliklarga kamaytirish bilan dastlabki oqartirish imkonini bergan.
birinchi bosqichda suvli kaustik soda va ikkinchi bosqichda natriy silikat yordamida past navli paxta chigitidan olingan to‘q rangli presslangan moyni ikki bosqichli ishqoriy rafinatsiyalash texnologiyasi «Qarshi yog‘-ekstraksiya» AJda amaliyotga joriy qilingan («O‘zyog‘moysanoat» uyushmasining 2020 yil 9 martdagi OZ/3-345-son ma’lumotnomasi). Natijada, past navli paxta chigitidan rafinatsiyalangan paxta moyi ishlab chiqarishni an’anaviyga nisbatan (85,1%) 1,1 martta (90%) oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish