Mirzajonova Donoxon Baxodirovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ich terlama oqibatida o‘tkir bakteriya tashuvchanlik shakllanishining klinik-immunologik jihatlari va uning surunkali shaklga o‘tishini oldini olish», 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2018.2.DSc/Tib319.
Ilmiy maslahatchi: Gulyamov Nariman Gulyamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Immunologiya va inson genomikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.Tib.50.01
Rasmiy opponentlar: Ziyadullaev Shuxrat Xudoyberdievich, tibbiyot fanlari doktori; Musabaev Erkin Isxakovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kozlov Viktor Kanstantinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi);
Yetakchi tashkilot: Rossiya Federal tibbiy-bioloiya agentligi qoshidagi bolalar yuqumli kasalliklari ilmiy-klinik markazi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ich terlama oqibatida o‘tkir bakteriya tashuvchanlik shakllanishining klinik-immunologik jihatlari va uning surunkali shaklga o‘tishini oldini olishni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor ich terlama bakteriya tashuvchanlik rivojlanishida IL-1 va TNF-α yallig‘lanishga xos sitokinlarining ahamiyati va qorin tifi klinik kechishi rivojlanishi patogenetik mexanizmlari molekulyar darajada isbotlangan;
ilk bor qorin tifida surunkali kechishi va bakteriya tashuvchanlik rivojlanishida IL-1(G1082A), IL-10 (T31C) va TNF-α (G308A) genlarining allel variantlari va genotiplari uchrashi darajasiga bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor ich terlama oqibatida o‘tkir bakteriya tashuvchanlik shakllanishi va uning surunkali shaklga o‘tishida ishtirok etuvchi polimorfizmlarining o‘zbek millatiga xos kombinatsiyalari (rs1143627, rs1800896, G308A) aniqlangan;
qorin tifi bilan og‘rigan va surunkali tashuvchanlik shakllangan bemorlar guruhlar qiyosiy taxlilida IL-1 rs1143627 geni polimorfizmining salbiy pozisiyalaridagi S/S genotiplari bo‘yicha teskari farqlar aniqlangan;
ilk bor qorin tifining turli klinik davrlarida yallig‘lanishga xos va yallig‘lanishga qarshi sitokinlar miqdorining o‘zgarish dinamikasi xususiyatlariga bog‘liq kasallikning turli xil tugallanish oqibatlari ehtimolini axborotlash mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
ich terlama oqibatida o‘tkir bakteriya tashuvchanlik shakllanishining klinik-immunologik jihatlari va uning surunkali shakliga o‘tishini oldini olish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
«Qorin tifida buyrak usti bezi etishmovchiligining rivojlanishini axborotlash va oldini olish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 20 iyundagi 8n-z/152-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma qorin tifida buyrak usti bezi etishmovchiligining rivojlanishini erta tashxislashni axborotlash va oldini olishga xizmat qilgan;
«Qorin tifi tugallanish oqibatlarini erta axborotlash mezonlari samaradorligi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 20 iyundagi 8n-z/152-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma qorin tifi tugallanish oqibatlarini erta axborotlashda ishlab chiqilgan mezonlar samaradorligini baholashga xizmat qilgan;
ich terlama oqibatida o‘tkir bakteriya tashuvchanlik shakllanishining klinik-immunologik jihatlari va uning surunkali shaklga o‘tishini oldini olishni baholash bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy–tekshirish instituti va Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxasi klinik amaliyotlariga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 2 oktyabrdagi 8n-z/122-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar kasallikni erta tashxislash, ich terlama oqibatida o‘tkir bakteriya tashuvchanlik shakllanishining klinik-immunologik jihatlarini baholash, qorin tifining keng tarqalgan endemik xududlarida dudodenal zondlash asosida o‘t safro va axlatni bakterial tekshirish orqali kasallikni erta tashxislash, kasallik asoratlarini kamaytirish bilan tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirishga imkon yaratgan.