Islamkulov Alimnazar Xudjamuratovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Byudjetlararo mutanosiblikni ta’minlashda soliqlar tizimini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2016.2.I688.
Ilmiy maslahatchi: Xaydarov Nizamiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.20/13.05.2020.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Po‘latov Dilshod Haqberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Olimjonov Odil Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ashurova Nasiba Batirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi byudjetlararo mutanosiblikni ta’minlashda soliqlar tizimini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining turli darajadagi byudjetlar o‘rtasidagi ulushli tartibda byudjet bilan ta’minlanganlik darajasidan kelib chiqib, tabaqalashtirilgan holda taqsimlash maqsadga muvofiqligi asoslangan;
mahalliy byudjetlar moliyaviy mustaqilligini oshirishni soliqlar tizimi orqali rag‘batlantirish maqsadida yuridik shaxslarning (respublika ahamiyatidagi yirik sanoat korxonalaridan tashqari) foyda solig‘ini quyi byudjetlarga biriktirib berish taklif qilingan;
qo‘shilgan qiymat solig‘i tushumlarini respublika va mahalliy byudjetlar o‘rtasida maqsadli taqsimlash amaliyotini byudjetlararo mutanosiblikni ta’minlash darajasidan kelib chiqib, tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadini inobatga olish bosqichlari asoslangan;
byudjetlararo mutanosiblikni ta’minlashda mahalliy byudjetlarning rejadan ortiqcha soliqli daromadlarining hududlarda yangi ish o‘rinlarini tashkil etishga qaratilgan ta’sirchan mexanizmini qo‘llash asoslangan;
aksiz solig‘ining byudjetga to‘lanadigan qismini aniqlashda sotib olingan tovar (xom ashyo)ga tegishli aksiz solig‘ini hisobga olish tartibini bekor qilish orqali mahalliy byudjet daromadlari barqarorligini oshirish zarurligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Byudjetlararo mutanosiblikni ta’minlashda soliqlar tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan tushumlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining tasdiqlangan parametrlariga muvofiq, turli darajadagi byudjetlar o‘rtasida ulushli taqsimlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4086-sonli «O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilga asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet mo‘ljallari to‘g‘risida» qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 7 fevraldagi 04/20-01-32/32-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2019 yilda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha mahalliy byudjetlarga tushumlar o‘tgan yilga nisbatan 1,9 barobarga o‘sib, 4 709,1 mlrd. so‘m qo‘shimcha mablag‘ tushishiga erishilgan;
yuridik shaxslarning (respublika ahamiyatidagi yirik sanoat korxonalaridan tashqari) foyda solig‘ini mahalliy byudjetlarga biriktirib berish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4086-sonli «O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilga asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet mo‘ljallari to‘g‘risida» qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 7 fevraldagi 04/20-01-32/32-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, 2019 yilda, ijro ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur soliq turidan mahalliy byudjetlarga tushumlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,1 barobarga o‘sib, 332,6 mlrd. so‘m qo‘shimcha daromadga erishilgan;
qo‘shilgan qiymat solig‘i tushumlarini respublika va mahalliy byudjetlar o‘rtasida maqsadli taqsimlash amaliyotini tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadini inobatga olish bosqichlari yuzasidan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4086-sonli «O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilga asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet mo‘ljallari to‘g‘risida» qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 7 fevraldagi 04/20-01-32/32-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, 2019 yilda, ijro ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu soliq turidan mahalliy byudjetlarga tushumlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,8 barobarga o‘sib, 3 578,8 mlrd. so‘m qo‘shimcha daromad tushishiga erishilgan;
mahalliy byudjetlarning soliqli daromadlari reja topshirig‘ining ortig‘i bilan bajarilishi natijasida sodir bo‘lgan qo‘shimcha daromadlarni hududlarda yangi ish o‘rinlarini tashkil etishni rag‘batlantirish hududiy jamg‘armalariga yo‘naltirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 iyuldagi PQ-3856-sonli «Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 7 fevraldagi 04/20-01-32/32-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, hududiy jamg‘armalarga 2018 yilda 190,7 mlrd. so‘m, 2019 yilda esa 33,9 mlrd. so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan;
aksiz solig‘ining byudjetga to‘lanadigan qismini aniqlashda sotib olingan tovar (xom ashyo)ga tegishli aksiz solig‘ini hisobga olish tartibini bekor qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 24 dekabrdagi O‘RQ-508-son «Soliq va byudjet siyosatining 2019 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» Qonuni bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2019 yil 20 noyabrdagi 17/2-33281-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, aksiz solig‘i tushumlarining 2018 yilga nisbatan 2019 yilda 613,8 mlrd. so‘m qo‘shimcha mablag‘ tushishiga erishilgan.