Yuldasheva Manzura Muxamad-Tofik qizining
fan doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Miya qon aylanishining o‘tkir buzilishlarida serebral venoz gemodinamikaning xususiyatlari», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2PhD/Tib572.
Ilmiy rahbar: Madjidova Yaquthon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Gafurov Baxtiyor Gafurovich, tibbiyot fanlar doktori, professor; D`yakonova Elena Nikolaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘tkir va erta tiklanish davrida ishemik insul`t mavjud bo‘lgan bemorlarda serebral venoz gemodinamikaning o‘ziga xos xususiyatlarini  aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ishemik insul`tning o‘tkir va erta tiklanish davrlarida venoz serebral gemodinamikaning o‘zgarishi nevrologik va neyropsixologik ko‘rsatkichlar dinamikasi o‘rtasidagi uzviy munosabati aniqlangan;
ilk bor ishemik insul`tda miyada qon aylanish gemodinamikasining zaxirasi bilan venoz serebral nomutanosib bog‘liqligi isbotlangan;
ishemik insul`t bo‘lgan bemorlarda miyada qon aylanishining gemodinamik zaxiraning (arterial va venoz) darajasida o‘zgarishlarni xisobga olgan xolda shaxsiylashtirishning tashxisoti aniqlangan;
ishemik insul`tni o‘tkazgan bemorlarda bosh miya tomirlarining jarohatini erta tashxisoti va ikkilamchi profilaktikasi optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Miya ishemiyasida venoz miya sirkulyasiyasini davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Serebral venoz disgemiya mavjudligiga karab ishemik insul`tlarni tashxisoti» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 12 sentyabrdagi 8n-d/122-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma joriy etilishi miya qon aylanishining o‘tkir buzilishlarida serebral venoz gemodinamikanierta tashxislash, uni oldini olishni optimallashtirish va asoratlar sonini kamaytirish  imkonini bergan;
serebral venoz disgemiya mavjudligiga karab ishemik insul`tlarni tashxisoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan,Samarqand davlat tibbiyot institutining 1-klinikasiga, Andijon davlat tibbiyot institutining klinikasiga va Buxoro shahridagi «Azimed-Shifo» xususiy klinika amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 18 sentyabrdagi 8n-z/112-sonli ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarini klinik amaliyotga joriy qilish qilinishi yondosh serebral disgemiya bilan kechadigan ishemik insul`tlarni tashxislash, ishemik insul`tlardan o‘lim ko‘rsatkichini qisqartirish, asoratlarni sonini kamaytirish va  ishemik insul`tni oldini olishni optimallashtirishga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish