Saidova Muxabbat Muxidinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlarda kardiovaskulyar patologiyaning rivojlanishi va avj olishini prognozlash», 14.00.05 – Ichki kasalliklar; 14.00.33 – Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/Tib424.
Ilmiy rahbarlar: Kamilova Umida Kabirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yusupaliev Baxodir Kaxramonovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Karimov Ma’rif Shokirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Iskandarova Shaxnoza Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlarda yurak-qon tomir kasalliklari hamda uning asosiy xavf omillarini erta prognozlash va profilaktika usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mSSORE shkalasi yordamida revmatoid artritli bemorlarda kardiovaskulyar patologiya xavf darajalari erta baholangan;
revmatoid artritli bemorlarda yurak-qon tomir xavfining ko‘rsatkichlari va xavf omillari orasidagi uzviy bog‘liqlik isbotlangan;
mobil dasturlar yordamida revmatoid artritli bemorlarda yurak qon-tomir kasalliklarining rivojlanish xavfini prognoz qilish asoslangan;
revmatoid artritli bemorlarda birlamchi tizim hamda shifoxona sharoitida yurak qon-tomir kasalliklarini erta tashxislash va profilaktika bosqichlarini maqsadli amalga oshirish takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Revmatoid artritli bemorlarda yurak-qon tomir kasalliklari hamda uning asosiy xavf omillarini erta prognozlash va profilaktika usullarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
«Revmatoid artritli bemorlarda kardiovaskulyar hodisalar profilaktikasi» mavzusida uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 1 iyundagi 8n-d/130-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma revmatoid artritli bemorlarda kardiovaskulyar patologiyani oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish imkonini bergan;
Revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlarda kardiovaskulyar patologiyalarning rivojlanishi va avj olishini prognozlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash sohasi amaliyotiga, jumladan, Buxoro viloyati ko‘p tarmokli tibbiyot markazi, Buxoro viloyati Shofirkon tumani tibbiyot birlashmasi, Buxoro shahar 9-son oilaviy poliklinikalarining klinik amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 24 sentyabrdagi 8n-z/114-son ma’lumotnomasi).
Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi revmatoid artritli bemorlarda yurak-qon tomir xavf omillarini erta aniqlash, yurak qon-tomir xavfini prognozlash va profilaktikasini optimallashtirish imkonini bergan.