Begatov Jaxongir Muxammadjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Legirlangan asbobsozlik po‘latlarini past temperaturada nitrotsementatsiyalashning kombinatsiyalashgan texnologiyasini ishlab chiqish”, 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik, quymachilik, metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/T1003.
Ilmiy rahbar: Norxudjaev Fayzulla Ramazonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.04.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Fatxulla Sagdullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Bekmurzaev Nurxon Xayitovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi asbobsozlik po‘latlarini yuqori darajada eyilishga bardoshliligini ta’minlaydigan bo‘shatish va yuza qatlamini azot va uglerod atomlari bilan to‘yintirish jarayonlarini o‘zaro birgalikda o‘tkazish imkonini beradigan past haroratli nitrotsementatsiyalashning kombinatsiyalashgan texnologik jarayonini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kimyoviy-termik ishlov berishning kombinatsiyalashgan usulida qoplangan prokatlash stanlari bandajlari va kiryalash mashinalarining tortishish barabanlari uchun puxtalash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
bo‘shatish va to‘yintirish harorati 600-6100S dagi past haroratli nitrotsementatsiyalashning birgalikda o‘tkaziladigan issiqlik rejimlari ishlab chiqilgan;
60% gaz qurumi va 40% karbamidli mahalliy xom ashyo asosidagi karbyurizator ishlab chiqilgan;
legirlangan asbobsozlik po‘latlari uchun past haroratli nitrotsementatsiyalashning kombinatsiyalashgan texnologiyasi ishlab chiqilgan;
yuqori haroratli toblashning legirlangan asbobsozlik po‘latlari kristall tuzilishi nuqsonlarining  shakllanish jarayoniga ta’sirining sxemasi ishlab chiqilgan;
4XMFS va 4X5MF1S markali po‘latlardan tayyorlangan issiq holda presslash uchun qo‘llaniladigan matrisa uchun past haroratli nitrotsementatsiyalashning kombinisiyalashgan texnologik jarayoni ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mahalliy ashyolardan mashina detallari uchun geterokompozit polimer materiallari va qoplamalarini yaratish asoslari tadqiqotlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
kimyoviy-termik ishlov berishning kombinatsiyalashgan usulida qoplangan prokatlash stanlari bandajlari va kiryalash mashinalarining tortishish barabanlari uchun ishlab chiqilgan puxtalash texnologiyasi “Olmaliq TMK” AJ qoshidagi “Noyob metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish IIB”ga joriy qilingan (“Olmaliq TMK” AJning 2020 yil 2 iyuldagi AA005124-son ma’lumotnomasi). Natijada, qoplangan prokatlash stanlari bandajlari va kiryalash mashinalarining tortishish barabanlari-ning uzoqqa chidamliligini 1,5-2 baravarga oshirishga erishilgan;
bo‘shatish va to‘yintirish harorati 600-6100S dagi past haroratli nitrotsementatsiyalashning birgalikda o‘tkaziladigan issiqlik rejimlari “Olmaliq TMK” AJ qoshidagi “Noyob metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish IIB”ga joriy qilingan (“Olmaliq TMK” AJning 2020 yil 2 iyuldagi AA005124-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan rejim yordamida texnologik siklni 1,5-2 soatga qisqartirishga erishilgan;
60% gaz qurumi va 40% karbamidli mahalliy xom ashyo asosidagi karbyurizator “Olmaliq TMK” AJ qoshidagi “Noyob metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish IIB”ga joriy qilingan (“Olmaliq TMK” AJning 2020 yil 2 iyuldagi AA005124-son ma’lumotnomasi). Natijada, puxtalash texnologiyasining qo‘llanilishi oqibatida sirt qattiqligining 60 HRC dan 72 HRC ga ortishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish