Umarova Yayraxon To‘xtanazarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Til ta’limida matn tahlili orqali o‘quvchilarda pragmatik kompetensiyani rivojlantirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1PhD/Ped809.
Ilmiy rahbar: Yusupova Shohida Jaloliddinovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.76.04.
Rasmiy opponentlar: Usmonova Huriniso Sharapovna, filologiya fanlari doktori, professor; Niyozmetova Roza Xasanovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi til ta’limida matn tahlili orqali o‘quvchilarda pragmatik kompetensiyani rivojlantirishning metod usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
badiiy matnlarning fonetik-fonologik tahlili asosida o‘quvchilarning fonema va tovushning bog‘liklik, aloqadorlik mohiyatini, nutq tovushlariga xos modallikni anglash hamda nutqiy faoliyatda qo‘llash, ya’ni poetik fonetikaga doir pragmatik kompetensiyalarini rivojlantirish tizimi takomillashtirilgan;
tilning leksik birliklarini kontekstual tahlili asosida o‘quvchilarda pragmatik intuisiyani shakllantirish va nutqiy kompetentlikni anglash, rivojlantirish texnologiyalari takomillashtirilgan;
badiiy matndagi morfologik, sintaktik birliklar tahlili asosida o‘quvchilarda grammatik shakl va grammatik ma’no uyg‘unligini anglash, nutqiy vaziyatlarni his qilish (ijtimoiy marker, sotsiumning kommunikativ kompetentligi) kabi malakalarni rivojlantirish va takomillashtirishning ilmiy-metodik asoslari aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarda matn turlarini, jumladan, media-matnlarning lisoniy tahlili asosida til birliklarini kommunikativ maqsad va nutqiy vaziyatga mutanosib qo‘llanishini anglash, tushunish va ijodiy baholashga doir pragmatik kompetensiyani shakllantirish metodikasi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Til ta’limida matn tahlili orqali o‘quvchilarda pragmatik kompetensiyani rivojlantirish bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalardan:
badiiy asarlar matnidagi morfologik, sintaktik birliklar tahlili vositasida grammatik shakl va grammatik ma’no uyg‘unligini ta’minlagan holda, o‘quvchilarda nutqiy vaziyatlarni his qilish (ijtimoiy marker, sotsiumning kommunikativ kompetentligi) layoqati, o‘qish va matnni tushunish strukturasi asosida takomillashtirish haqidagi mulohazalardan “ITD-1-57 raqamli “O‘zbek tilining tatbiqiy yo‘nalishlarini amalga oshirishning dasturini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 2 martdagi 89-03-925-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning turli shakl va mazmundagi matnlarga pragmatik nuqtai nazardan yondashish kompetensiyasi rivojlangan;
turli til uslublariga mansub jumla, ifoda, matnlarni o‘rganish orqali til sathlari bo‘yicha birliklarni maqsad va vaziyatga ko‘ra o‘z o‘rnida ishlatish (pragmatik kompetensiya, media-matnlarni tahlil qilish, tanqidiy anglash va yaratish) o‘quvchilarning kognitiv mobilligi intensivligini ta’minlash orqali shakllantirish, badiiy asar tahlili shaxs faolligini oshirishga xizmat qilish bilan birgalikda ma’naviy begonalashuvning oldini olish usul va vositalari ekani haqidagi ilmiy-nazariy qarashlar OT-F1-17 raqamli “Ma’naviy begonalashuvning oldini olishda shaxs faolligini oshirishning ijtimoiy-pedagogik tadqiq etish” nomli loyiha mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 2 martdagi № 89-03-925-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchi va talabalarning nutqiy vaziyatlarni his qilish va yaratishga doir pragmatik qobiliyatlari rivojlantirilgan;
til ta’limida matn tahlili orqali o‘quvchilarning pragmatik kompetensiyasini rivojlantirishga doir ilmiy yutuq va xulosalardan Turkiya Respublikasi Gazi universiteti va Ankara Xaji Bayram Vali universiteti adabiyot fakul`teti turk tili va adabiyoti bo‘limida tilshunoslik fanlarini o‘qitishda foydalanilgan (Turkiya Respublikasi Gazi universiteti va Ankara Xaji Bayram Vali universiteti turk tili va adabiyoti bo‘limining 2019 yil 16 apreldagi a-112-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, universitet talabalarining til birliklarini pragmatik asosda idrok etish kompetensiyalari rivojlantirilgan, til sezgilarini oshirishda sezilarli natijalarga erishilgan.