Achilov Nuriddin Abdugafforovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Al-Hakim at-Termiziy asarlari vositasida talabalarda ma’rifatparvarlik fazilatlarini rivojlantirish texnologiyasi», 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Ped1059.
Ilmiy rahbar: Ro‘zieva Dilnoz Isomjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Adizov Baxtiyor Raxmanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi al-Hakim at-Termiziy asarlari vositasida talabalarda ma’rifatparvarlik fazilatlarini rivojlantirish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
al-Hakim at-Termiziyning ma’rifatparvarlikka oid qarashlaridan imon-e’tiqodlilik, bag‘rikenglik, mustahkam iroda, pok qalblilik, vijdonlilik omillarining yuksak ma’naviyatli shaxsni tarbiyalashdagi ahamiyati ko‘rsatib berilgan, alloma tomonidan e’tirof etilgan “Ilm-nurdir” ma’rifatparvarlik qarashlaridan ta’lim jarayonida foydalanishning nazariy imkoniyatlari pedagogik jihatdan rivojlantirilgan;
al-Hakim at-Termiziy asarlaridagi ma’rifatparvarlikka undovchi g‘oyalar turkumlashtirilib, umumiylikdan xususiylikka o‘tish orqali ma’rifatparvarlik fazilatlarining rivojlanganlik darajalari shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida foydalanishning pedagogik imkoniyatlari oila, jamoa, uztoz va shogird munosabatlarini optimallashtirish asosida kengaytirilgan;
al-Hakim at-Termiziy asarlari vositasida talabalarda ma’rifatparvarlik fazilatlarini rivojlantirish texnologiyasining ishonchliligi, samaradorligi va uning haqiqiy zaruratini aniqlash uchun mazmun, usul, vosita va yangicha ta’lim-tarbiyaviy muhit yaratish maqsadida alloma asarlarining hikoya, hikmatlar, xalq og‘zaki ijodi namunalari mazmunidan foydalanish, yuksak ma’naviyatli shaxsni tarbiyalashga ustuvorlik berish asosida rivojlantirilgan;
al-Hakim at-Termiziy asarlari vositasida talabalarda ma’rifatparvarlik fazilatlarining rivojlanganlik darajalarini aniqlashga xizmat qiladigan mezonlar pedagogik ko‘rsatkichlar asosida diagnostik va majmuaviy yondashuvlar orqali aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Al-Hakim at-Termiziy asarlari vositasida talabalarda ma’rifatparvarlik fazilatlarini rivojlantirish texnologiyasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
al-Hakim at-Termiziyning ma’rifatparvarlikka oid qarashlaridan imon-e’tiqodlilik, bag‘rikenglik, mustahkam iroda, pok qalblilik, vijdonlilik omillarining yuksak ma’naviyatli shaxsni tarbiyalashda foydalanishga oid berilgan taklif va tavsiyalar yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar “Termiziy allomalarining pedagogik ta’limotlari” tanlov o‘quv fani mazmuniga singdirilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 
2020 yil 28 yanvardagi 0207-129-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’limning Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish ta’lim yo‘nalishi hamda Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turlari bo‘yicha), Pedagogika va psixologiya magistratura mutaxassisliklarida o‘qitiladigan tanlov fanlari mazmunini boyitishga erishilgan;
al-Hakim at-Termiziy asarlaridagi millat va jamiyat bardavomligini tarannum etuvchi g‘oyalarini tadqiq qilishga oid ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar “Pedagogik diagnostika va korreksiya” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy va  o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 maydagi  394-sonli buyrug‘i asosida berilgan 394-097-son ma’lumotnomasi). Natijada, al-Hakim at-Termiziy tarbiyaviy-axloqiy qarashlaridan foydalangan holda umumiylikdan xususiylikka o‘tish orqali barkamol insonni tarbiyalash mezonlari takomillashtirilgan;
al-Hakim at-Termiziy asarlari vositasida talabalarda ma’rifatparvarlik fazilatlarini rivojlantirishning didaktik, kognitiv, divergent tafakkurni rivojlantiruvchi imkoniyatlari hamda al-Hakim at-Termiziy asarlari vositasida talabalarda ma’rifatparvarlik fazilatlarining rivojlanganlik darajalarini aniqlashga xizmat qiladigan mezonlariga oid takliflar 2015-2017 yillarda bajarilgan KA-1-003 “Yoshlarda Vatanparvarlik dunyoqarashini shakllantirishning ilmiy-pedagogik texnologiyalari yagona tizimini ishlab chiqish” nomli grant doirasida belgilangan vazfilarni bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 
2020 yil 26 fevraldagi 89-03-849-son ma’lumotnomasi). Natijada, al-Hakim at-Termiziy asarlari vositasida talabalarda ma’rifatparvarlik fazilatlarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik tizimning samaradorlik darajasini aniqlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish