Ulug‘muradova Nodira Berdimurodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida mehnat munosabatlarini takomillashtirishning iqtisodiy mexanizmlari», 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt745.
Ilmiy rahbar: Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01.
Rasmiy opponentlar: Xasanov Rustam Rabbimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xolmuxamedov Muhsinjon Murodullaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida mehnat munosabatlari rivojlanishining iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mehnat munosabatlari tizimida kichik biznes sub’ektlarining faollik darajasini baholash tadbirkorlikni tashkil etish omili, ishlab chiqarishning texnik-texnologik darajasi va hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi nisbiy ko‘rsatkichlarini e’tiborga olgan holda takomillashtirilgan;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida ijtimoiy-mehnat munosabatlarining ijaraga olingan mehnatni tartibga solish bo‘yicha innovatsion mehnat shartnomalarining inforsment tizimini shakllantirish zarurati asoslangan;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida ijtimoiy-mehnat munosabatlarining analitik-axborot bazasi innovatsion shakllarini tartibga solishning institutsional-tashkiliy hamda ijtimoiy-iqtisodiy vositalarini joriy etish asosida takomillashtirilgan;
kichik biznes sohasida mehnat munosabatlarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan sub’ektlar faoliyati samaradorligini oshirishning asosiy ko‘rsatkichlarini 2021-2025 yillarda rivojlantirishning prognoz parametrlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida mehnat munosabatlarini rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
kichik biznes sub’ektlarining faollik darajasini baholashni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan hududlarda bandlik dasturlarini tayyorlashda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 11 fevraldagi 01/00-04/00-1242-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflardan foydalanish hududlarda yangi ish o‘rinlarini yaratishda kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlari imkoniyatlaridan samaraliroq foydalash imkoniyatini yaratgan;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida ijtimoiy-mehnat munosabatlarining ijaraga olingan mehnatni tartibga solish bo‘yicha innovatsion mehnat shartnomalarining inforsment tizimini shakllantirish bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan bandlik dasturlarini shakllantirishda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 11 fevraldagi 01/00-04/00-1242-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish ijaraga olingan mehnatni tartibga solish bo‘yicha mehnat shartnomalarini keng joriy etish asosida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida ijtimoiy-mehnat munosabatlarini takomillashtirish imkonini bergan;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida ijtimoiy-mehnat munosabatlarining analitik-axborot bazasini takomillashtirish bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan hududlarda yangi ish o‘rinlarini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini rivojlantirish asosida ta’minlash dasturlarini tayyorlashda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 11 fevraldagi 01/00-04/00-1242-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatining ijtimoiy-mehnat munosabatlari sohasida innovatsion shakllarni kengaytirish imkonini bergan;
kichik biznes sohasida mehnat munosabatlarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan sub’ektlar faoliyati samaradorligini oshirish asosiy ko‘rsatkichlarining 2021-2025 yillarda rivojlantirishning prognoz parametrlaridan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish konsepsiyasi va dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 11 fevraldagi 01/00-04/00-1242-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz parametrlaridan foydalanish kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida faoliyat yuritayotgan kichik biznes sub’ektlari sonining 23,6 %ga, kichik biznes sohasida asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalar hajmini 25,4 %ga oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish