Tojimirzaev Sanjar Turdialievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Yigirish jarayonlari texnologik o‘timlarida tola sifat ko‘rsatkichlarini o‘zgarishining ip xossalariga ta’siri”, 05.06.02 – To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T347.
Ilmiy rahbar: Parpiev Xabibulla, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik- texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01.
Rasmiy opponentlar: Axunbabaev Oxunjon Abdurahmanovich, texnika fanlari doktori, professor; Yusupov Sobirjon Abdujabborovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yigiruv jarayoni texnologik o‘timlarida tola xossa ko‘rsatkichlari o‘zgarishining ip xossalariga ta’sirini o‘rganish asosida mahsulot raqobatbardoshligini oshirish iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarash jarayoni tezlik parametrlari va ip xossalarining o‘zaro bog‘liqlilik konuniyatlari asosida ipning muayyan sifatini ta’minlash uchun kerakli tezlik qiymatlariga asoslangan yigirish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
yigirish jarayonida tarash barabani, cho‘zuvchi juft valiklar va urchuq tezliklari hamda cho‘zish kuchining ip notekisligi va chiziqli zichligiga ta’siri tahlili asosida talab qilingan chiziqli zichlikdagi ip olish uchun zarur bo‘lgan ip ko‘ndalang kesimidagi o‘rtacha tolalar soni diapazoni aniklangan;
turli navdagi tolalar aralashmasidan ip olishda ip notekisligiga ishchi organlar tezlik parametrlarining ta’sirini eksperimental usulda o‘rganish natijalari tahlili asosida paxta tolasi mikroneyr ko‘rsatkichi 4,2 va 4,8 orasida oshib borishi ip notekisligining ortishiga olib kelishi isbotlangan;
turli nisbatdagi paxta tolasi navlari aralashmalaridan ip olish jarayoni tahlili asosida pilikdagi kalta tola ulushining yarim mahsulot va ipning natijaviy notekisligi va chiziqli zichligi kattaligiga ta’siri aniqlangan;
ip xomashyosi tarkibi va ipning shakllanish jarayonini eksperimental usulda o‘rganish natijalari tahlili asosida aralashma tarkibidagi kalta tola miqdori (SFC), tolaning sarg‘ishlik indeksi (+b), pishib etilganlik darajasi (Maturity ratio) va neps (Neps) darajasining ip notekisligi va chiziqli zichligiga ta’siri aniqlangan;
tarash jarayoni tezlik parametrlari va ip xossalarining o‘zaro bog‘liqlilik konuniyatlari asosida ip tukdorligiga tarash tezliklarining sezilarli ta’siri yo‘qligi isbotlangan;
yigirish jarayoni tezlik parametrlari maqsadli boshqarilganda ipning notekisligi va chiziqli zichligining o‘zgarishini inobatga olgan holda ipning talab qilingan pishiqligi va yo‘g‘onligini ta’minlovchi cho‘zish kuchi kattaligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yigirish jarayoni texnologik o‘timlarida jarayonlar parametrlarini rostlash va ularni optimallashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
yigirishdagi tarash, cho‘zish va burash jarayonlari ratsional tezlik parametrlari «O’zto’qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibiga kiruvchi «URG TEX» MChJ korxonacida joriy qilingan («O’zto’qimachiliksanoat» uyushmasining 2020 yil 12 avgustdagi 04/18-1918-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnologik jarayonlarni muqobillash yo‘li bilan ip fizik-mexanik ko‘rsatkichlarini Uster tizimi talablarining 5% lik sifat darajasiga olib chiqish imkoniyati yuzaga kelgan;
ratsional tezlik parametrlariga ega bo‘lgan yigirish texnologiyasi «O’zto’qimachiliksanoat» uyushmasiga qarashli «FT-TEXTILE GROUP» MChJ korxonasida joriy qilingan («O’zto’qimachiliksanoat» uyushmasining 2020 yil 12 avgustdagi 2020 yil 12 avgustdagi 04/18-1918-son ma’lumotnomasi). Natijada, yigiruv jarayonida ip uzilishlar sonining 20 % gacha, qaytim va chiqindilar miqdorining ikki barovar kamayishi hisobiga mahsulot sifatining oshishiga erishilgan.