Yuldashev Kozimjon Komiljonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Momiqni tashuvchi va tozalovchi vintli konveyer konstruksiyasini takomillashtirish va parametrlarini asoslash”, 05.02.03 – Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1434.
Ilmiy rahbar: Anvar Djuraev, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik- texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01.
Rasmiy opponentlar: Maqsudov Ravshanjon Hasanovich, texnika fanlari doktori, professor; Ergashev Jamoldin Samatovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi momiqni tashuvchi va tozalovchi vintli konveyerning samarali konstruksiyasini ishlab chiqish, kompleks nazariy va tajribaviy tadqiqotlar asosida parametrlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
momiqni vintli konveyer bilan tashish jarayoni tahlili va unda yuzalari to‘lqinsimon shakldagi vint hamda qayishqoq elementli tarkibli rolikli zanjirli uzatmani qo‘llashga asoslangan tashish va tozalash jarayonining samarali texnologiyasi ishlab chiqilgan;
vintli konveyer bir massali mashina agregati dinamikasini ifodalovchi tenglamalar tahlili natijalarini hisobga olgan holda elektr yuritgichning mexanik va dinamik harakteristikasi, inersion parametrlar hamda texnologik va ishqalanish qarshiliklari ifodalari ishlab chiqilgan va ratsional qiymatlari aniqlangan;
uch massali mashina agregati dinamikasi masalasi sonli echimiga asosan elektr yuritkich rotori, vintli konveyer validagi aylantiruvchi moment va burchak tezliklarning o‘zgarish qonuniyatlari olingan;
momiq bo‘lagining to‘lqinsimon vint yuzasidagi harakati tahlili asosida momiqni tortish kuchini aniqlash bo‘yicha hisob sxemasi va formulasi ishlab chiqilgan hamda qiymatlari aniqlangan;
rejalashtirilgan tajribaviy tadqiqotlar natijalari asosida momiqni tashuvchi va tozalovchi konveyerlardagi shovqinning o‘zgarishi qonuniyatlari asosida shovqin kuchini kamaytirish usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Momiqni tashuvchi va tozalovchi vintli konveyerlar uchun qayishqoq elementli zanjirli uzatmani ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
qayishqoq elementli tarkibli rolikli zanjirli uzatma konstruksiyasiga O‘zbekiston Intelektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan («Sepnaya peredacha», №IAP 06200-2020 y.). Natijada, uzatma detallarining ishlash muddatini oshirish va ishlashidagi shovqinni sezilarli darajada pasaytirish imkoniyati yaratilgan;
momiqni tashuvchi va tozalovchi to‘lqinsimon yuzali vintli konveyer hamda uzatish mexanizmiga o‘rnatilgan qayishqoq elementli zanjirli uzatma “O‘zpaxtasanoat” OAJ tizimidagi “Bo‘z paxta tozalash” korxonasida joriy qilingan (“O‘zpaxtasanoat” OAJning 2020 yil 30 iyuldagi 03-18/2054-son ma’lumotnomasi). Natijada, momiqni tashishdagi o‘rtacha tozalash samaradorligi momiqning navlariga qarab 5,75% dan 10,54% ga ortgan, konveyer resursi 25% ga ko‘paygan, zanjir roligi emirilishi 3 martaga, shovqin 2,8 martaga kamaygan;
to‘lqinsimon yuzali vintli konveyer va yuritkichdagi qayishqoq elementli zanjirli uzatma “O‘zpaxtasanoat” OAJ tizimidagi “Xo‘jaobod paxta tozalash” korxonasida joriy qilingan (“O‘zpaxtasanoat” OAJning 2020 yil 30 iyuldagi 03-18/2054-son ma’lumotnomasi). Natijada, momiqni tashishdagi o‘rtacha tozalash samaradorligi momiqning navlariga qarab 5,54% dan 10,63% ga oshgan, konveyer resursi 23% ga ko‘paygan, zanjir roligi emirilishi 3 martaga, shovqin 2,7 martaga kamaygan.