Xaydarova Sarvinoz Xaydarjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda shifoxonadan tashqari zotiljamning cho‘ziluvchan kechishi shakllanishining klinik diagnostik aspektlari, davolashni muqobillashtirish», 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib562.
Ilmiy rahbar: Shavazi Nurali Mamedovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkan davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarkand davlat tibbiyot instituti, PhD.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Bobomurodov Turdikul Akramovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sharipov Rustam Xaitovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: reabilitatsiya salohiyatini bashorat qilish va davolashni muqobillashtirish maqsadida bolalarda shifoxonadan tashqari zotiljamni cho‘ziluvchan kechishini shakllantirishda klinik va diagnostik jihatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor bolalarda shifoxonadan tashqari zotiljamida yallig‘lanish biyomarkerlari C-reaktiv oqsil va prokalsitonin miqdorining yuqori ko‘rsatgichlari kasallik cho‘ziluvchan kechishi bilan o‘zaro bog‘liqligi isbotlangan;
bolalarning shifoxonadan tashqari cho‘ziluvchan zotiljamida Staphylococcus aureus va Micoplasma pneumoniae miqdorining uchrashi darajasi Streptococcus pneumoniae va Haemophilus influenzae miqdorlariga nisbatan yuqoriligi aniqlangan;
shifoxonadan tashqari zotiljam bilan xastalangan etti yoshgacha bo‘lgan bolalar mikroflorasining antibiotiklarga rezistentligining yuqoriligi ularda nafas yo‘llari kasalliklari bilan kasallanishga moyillik darajasining ortishi bilan to‘g‘ri proporsional bog‘liqligi aniqlangan;
shifoxonadan tashqari zotiljam bilan og‘rigan bolalarda yallig‘lanishga xos (IL-6 va FNO-α) va yallig‘lanishga qarshi (IL-4) sitokinlar miqdorining o‘zaro nomutanosibligi kasallikni cho‘ziluvchan kechishi bilan proporsional bog‘liqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Bolalarda shifoxonadan tashqari zotiljamning cho‘ziluvchan kechishi prognozi va oldini olish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
“Bolalarda shifoxonadan tashqari zotiljamning cho‘ziluvchan kechishini prognoz qilish usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 28 yanvardagi 8n-d/4-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma shifoxonadan tashqari zotiljam bilan og‘rigan bolalarda kasallikning og‘irligini baholash uchun ishlab chiqilgan mezonlar va noqulay prognoz tufayli cho‘ziluvchan kechishida yuqori xavfli guruhlarni shakllantirish, terapiya samaradorligini oshirish va asoratlar sonini sezilarli darajada kamaytirish imkonini bergan;
“Shifoxonadan tashqari zotiljamga chalingan bolalarda immunitet holatini korreksiyalash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan  (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 28 yanvardagi 8n-d/4-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bolalarda zotiljamni davolash chora-tadbirlar samaradorligini oshirish va kasallikning takroriy hollarda chastotasini kamaytirish imkonini yaratgan;
Olingan tadqiqotlar natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali bolalar bo‘limi, Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Samarqand shahar 1-son bolalar shifoxonasi va 3-son oilaviy poliklinikasi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 28 avgustdagi 8n-z/106-son ma’lumotnomasi). Natijalarni joriy qilish bolalarda shifoxonadan tashqari zotiljamning cho‘ziluvchan kechishi tashhislash, davolashni samaradorligi oshirish va muqobillashtirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish