Allashov Genjemurat Ernazarovichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Respublikaning shimoliy xududlariga mos hosildorligi va don sifati yuqori kuzgi bug‘doyning boshlang‘ich manba hamda navlarini yaratish», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Qx560.
Ilmiy rahbar: Ziyadullaev Zoxidjon Fayzullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Qashqadaryo filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/27.02.2020.Qx.42.02.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan: kuzgi yumshoq bug‘doyning “Amangul” navi (№NAP 00258). O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining 2020 yil 8 sentyabrdagi 01-11/1301-son xulosasi.
II. Tadqiqotning maqsadi: jahon genofondi kolleksiyasini o‘rganish asosida respublikaning shimoliy mintaqalarida sug‘oriladigan maydonlar uchun tuproq-iqlim sharoitlariga mos kuzgi yumshoq bug‘doyning namunalarini o‘rganish asosida hosildorligi yuqori, ertapishar, sho‘rga va sovuqqa chidamli, qimmatli xo‘jalik belgilarning ijobiy majmuasiga ega kuzgi yumshoq bug‘doyning don sifati yuqori bo‘lgan navini yaratish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida turli ekologik-geografik guruhlarga mansub bo‘lgan yumshoq bug‘doy nav va namunalarining issiqlikka, qishga, sovuqqa, sho‘rga chidamliligi asosida yuqori sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan boshlang‘ich manbalari yaratilgan;
mintaqa sharoiti uchun mos issiqlikka, qishga, sovuqqa, sho‘rga chidamli bo‘lgan ota-ona shakllari turli ekologik-geografik guruhlarga mansub yumshoq bug‘doy nav va namunalarini o‘zaro chatishtirish asosida yaratilgan duragaylarda belgi – xususiyatlarning issiqqlikka, qishga, sovuqqa, sho‘rga chidamlilik qonuniyatlari aniqlangan;
o‘rganilgan belgi va xususiyatlari bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan seleksion ashyolarni turli agroekologik mintaqalarda sinash asosida issiqqlikka, qurg‘oqchilikka, qishga va sovuqqa chidamli, hosildor, yuqori sifat talablariga javob beradigan kuzgi yumshoq bug‘doyning “Amangul” navi yaratilgan;
tadqiqotlar davomida yaratilgan issiqqlikka, qurg‘oqchilikka, qishga, sovuqqa chidamli, hosil va don sifati yuqori bo‘lgan kuzgi yumshoq bug‘doy «Amangul» navining birlamchi urug‘chiligi tashkil etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kuzgi yumshoq bug‘doyning yuqori sifatli seleksion ashyolarini yaratish, tur ichida murakkab duragaylash va yakka tanlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida:
qimmatli xo‘jalik belgilariga ega hosildor, issiqlikka, sho‘rga, qishgi sovuqqa chidamli, don sifati yuqori bo‘lgan kuzgi yumshoq bug‘doyning yangi “Amangul” navi yaratilgan va Intellektual mulk agentligining seleksiya yutug‘iga patent (NAR 00258) olingan (O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2020 yil 8 sentyabrdagi 01-11/1301-son ma’lumotnomasi). Natijada kuzgi yumshoq bug‘doyning genofondi qimmatli xo‘jalik belgilariga ega hosildor, issiqlikka, sho‘rga, qishgi sovuqqa chidamli, don sifati yuqori bo‘lgan nav bilan boyitilgan;
yaratilgan “Amangul” navi 2019 yildan Qoraqalpog‘iston Respublikasi sug‘oriladigan maydonlarida ekish uchun istiqbolli nav sifatida Qishloq xo‘jaligi ekinlari Davlat reestiriga kiritilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 21 avgustdagi 02/021-2614-son ma’lumotnomasi) Natijada g‘allachilik fermer xo‘jaliklari qimmatli xo‘jalik belgilariga ega hosildor, issiqlikka, sho‘rga, qishgi sovuqqa chidamli, don sifati yuqori bo‘lgan nav bilan ta’minlangan;
kuzgi yumshoq bug‘doyning yangi “Amangul” navi Qoraqolpog‘iston Respublikasining Nukus tumanidagi fermer xo‘jaliklarida jami 53 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 21 avgustdagi 02/021-2614-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida kuzgi bug‘doyning ushbu navidan g‘allachilik fermer xo‘jaliklarida andoza navlariga nisbatan gektariga 8,0 sentner qo‘shimcha yuqori va sifatli don hosili olishga erishilgan va iqtisodiy samaradorlik  gektaridan 3200 ming so‘mga, rentabellik darajasi 28,7 foizni tashkil etgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish