Abduazizov Nabijon Azamatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Gidravlik tizimlarini optimallashtirish asosida kar`er gidravlik ekskavatorlarining samaradorligini oshirish usullarini ishlab chiqish», 04.00.16 – Konchilik mashinalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/T221.
Ilmiy maslahatchi: Toshov Javoxir Burievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.T.98.01.
Rasmiy opponentlar: Raxutin Maksim Grigor`evich, texnika fanlari doktori, professor; Stolpovskix Ivan Nikitovich, texnika fanlari doktori, professor; Xujaev Ismatulla Kushaevich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gidravlik tizimlarning ishchi suyuqligining ifloslanishini kamaytirish orqali turli klimatik sharoitlarda yuqori ishonchlilikni ta’minlovchi kar`er gidravlik ekskavatorlarining samaradorligini oshirish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishchi suyuqlik ifloslanishining agregat ishonchliligi va mustahkamligiga, shuningdek gidravlik kon ekskavatorlarining gidravliklashgan tizimlariga ta’siri aniqlangan;
gidravliklashgan kon mashinalarining gidravlik suyuqligini tozaligi ifloslanish va ruxsat etilgan ko‘rsatkichlarining optimal parametrlari ishlab chiqilgan;
gidravliklashgan kon mashinalarida gidravlik suyuqlikning ifloslanishi infraqizil spektroskopik tahlilining ishonchliligi nazariy jihatdan asoslangan;
konstruktiv parametrlariga qarab fil`trlash samaradorligini aniqlashga imkon beradigan havo fil`tridagi changli havo oqimi harakatining matematik modeli ishlab chiqilgan;
zichlagichni qo‘llanganda gidravlik silindr suyuqligining xususiyatlari aniqlangan va uning matematik modeli ishlab chiqilgan;
havo fil`tridagi chang zarrachalarini o‘z ichiga olgan havo oqimining harakati ilmiy asoslangan va kar`er ekskavatorining gidravlik tizimi gidrobaki havo fil`trining ishlab chiqilgan konstruksiyasi samaradorligi amaliy isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Gidravliklashgan ekskavatorlarning samaradorligini ularning gidravlik tizimini optimallashtirish orqali oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kon ekskavatorlarining gidravlik tizimi gidrobaki uchun havo fil`trining yangi konstruksiyasi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK Shimoliy boshqarmasining Daugiztau konida joriy etilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DKning 2020 yil 1 iyundagi 02-06-07/6105-son ma’lumotnomasi). Natijada, ekskavator gidravlik tizimining ekspluatatsion samaradorligini 35–40%ga oshirish va ish samaradorligini kuchaytirish, gidravlik tizimlar uzellarining ishchi yuzasini eyilib ketishining oldi olish imkonini bergan;
ishlatib bo‘lingan moylarning sinov namunasini tayyorlash usuli “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK Shimoliy boshqarmasining Daugiztau konida joriy etilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DKning 2020 yil 1 iyundagi 02-06-07/6105-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlatilgan moyning ekspressnostini oshirish va tahlil qilish uchun kimyoviy reaktivlarning harajatini hamda tahlil qilingan materiallar miqdorini kamaytirish imkonini bergan;
gidravlik ekskavatorlarning aksial porshenli nasos plunjerining yangi konstruksiyasi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK Shimoliy boshqarmasining Daugiztau konida joriy etilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DKning 2020 yil 1 iyundagi 02-06-07/6105-son ma’lumotnomasi). Natijada, nasos porshenlarining shikastlanishini kamaytirish, gidrotexnik nasoslarni ta’mirlash ishlarini qisqartirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish