Ismailov Husanboy Mahammadqosim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aloqa korxonalarida moliyaviy barqarorlikni oshirish masalalari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2. PhD/Iqt609.
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Abdug‘affor Safarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019. I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qurbonov Xayrilla Abdurasulovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Aloqa korxonalari moliyaviy barqarorligini oshirish masalalari bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiya va takliflar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korporativ soliq xizmatini joriy qilish asosida korxona moliyaviy barqarorligini oshirish hamda ichki soliq nazoratini tashkil etish asoslangan;
haridorlar ko‘lamini oshirishda korxonada moliyaviy rejalashtirishga to‘lov intizomiga rioya etish mexanizmini kiritish taklif etilgan;
natijaviylikka asoslangan byudjetlashtirish tizimini joriy qilish asosida korxonaning moliyaviy barqarorligini oshirish asoslangan;
moliyaviy strategiyaning aloqa korxonalarida moliyaviy menejmentning samarali vositalari va optimal tarkibini tanlashning foydani maksimallashtirish konsepsiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Aloqa korxonalarida moliyaviy barqarorlikni oshirish masalalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
korporativ soliq xizmatini joriy qilish asosida korxona moliyaviy barqarorligini oshirish hamda ichki soliq nazoratini tashkil etish taklifi “O‘zbektelekom” AKning soliq hisobotlarini tuzishda foydalanilgan (Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi “UNICON.UZ” ning 2020 yil 25 maydagi 5-5/826-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida 2019 yil o‘tgan davri uchun foyda solig‘i bo‘yicha 67,38 million so‘m, qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha 63,27 million so‘m, jami 140,65 million so‘m byudjetga qo‘shimcha to‘lovlar o‘tkazilishi lozimligi aniqlangan;
haridorlar ko‘lamini oshirishda korxonada moliyaviy rejalashtirishga to‘lov intizomiga rioya etish mexanizmini kiritish taklifi “O‘zbektelekom” AKning moliyaviy hisobotlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi “UNICON.UZ” ning 2020 yil 25 maydagi 5-5/826-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning qo‘llanilishi natijasida 2736 mln. so‘m mablag‘ aksiyadorlik kompaniyasi ixtiyorida qoldirilgan va tejab qolingan mablag‘ korxonani texnik va texnologik yangilashga qaratilgan va iste’molchilarga xizmat turlarini ko‘paytirish imkoniyatini yaratgan;
natijaviylikka asoslangan byudjetlashtirish tizimini joriy qilish asosida korxonaning moliyaviy barqarorligini oshirish taklifi “O‘zbektelekom” AKning Navoiy filialida biznes reja ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbektelekom” AK Navoiy filialining 2020 yil 22 iyuldagi 54-02-02/872-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida 2019 yil yakuni bo‘yicha “Korxona byudjetining mukammallashtirilishi” natijasida tegishli loyihalar bo‘yicha harajatlarni samarali boshqarish, majburiyatlarni vaqtida to‘liq ijro etish va daromadlardan samarali foydalanish hisobiga kompaniyaning ixtiyorida qoladigan sof foyda miqdorining rejadagidan 12,4 foizga o‘sishiga erishildi va buning asosida korxona moliyaviy barqarorligi oshishi ta’minlangan;
moliyaviy strategiyaning aloqa korxonalarida moliyaviy menejmentning samarali vositalari va optimal tarkibini tanlashning foydani maksimallashtirish konsepsiyasini ishlab chiqish taklifi “O‘zbektelekom” AKning Navoiy filiali samaradorligini baholash mezonlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbektelekom” AK Navoiy filialining 2020 yil 22 iyuldagi 54-02-02/872-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 28 iyuldagi 207-son qaroriga asosan “O‘zbektelekom” AK Navoiy filiali faoliyati samaradorligini baholash mezonlari rejasining 2019 yil yakunlariga binoan bajarilishi natijalari tasdiqlashicha, mutlaq likvidlik koeffisienti rejadagi 0,2 o‘rniga xaqiqatda 0,26 ni, moliyaviy mustaqillik koeffisienti rejadagi 1,5 o‘rniga xaqiqatda 1,53 ni, mehnat unumdorligi rejadagi 30 000 o‘rniga xaqiqatda 38 364 ni tashkil etgan va eksport parametrlarining bajarilish ko‘rsatkichi rejasi 5,2 foizga oshirib bajarilishiga erishilgan.