Xamrokulova Zebiniso Xamrokulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonning shimoli-sharqiy mintaqasi kemiruvchilar (Rodentia) turkumining gel`mintofaunasi, ekologiyasi va ahamiyati», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/V167. 
Ilmiy rahbar: Saparov Kalandar Abdullaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.V.20.04.
Rasmiy opponentlar: Medetov Maxsetbay Japakovich, biologiya fanlari doktori; Safarova Feruza Ergashevna, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: kemiruvchilarning gel`mintofaunasi va ekologiyasining tuzilishi, insonlar va foydali hayvonlar uchun umumiy bo‘lgan parazit turlarini aniqlash va mayda sutemizuvchilar gel`mintofaunasining O‘zbekiston shimoli-sharqidagi tabiiy va urbanlashgan ekotizimlardagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Shimoli-sharqiy O‘zbekiston kemiruvchilari gel`mintlarining 4 sinfga mansub 46 ta turi aniqlangan;
ilk bor Shimoli-sharqiy O‘zbekistonda tarqalgan kemiruvchilarning 30 turga mansub gel`mintlari aniqlangan;
ilk bor O‘zbekistonda olmaxonning 11 turdan iborat gel`mintofaunasi identifikatsiyalangan; 
urbanlashgan hududlardagi sichqonsimon kemiruvchilar gel`mintofaunasining tuzilishi ochib berilgan;
gel`mint ho‘jayinlari va kemiruvchilarning boshqa hayvonlar guruhlari bilan biotsenotik aloqalari baholangan; 
kemiruvchi gel`mintlarining taksonomik xususiyatlari va turlarning parazit bilan zararlanish parametrlari asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonning shimoli-sharkiy mintaqasi kemiruvchilar (Rodentia) turkumining gel`mintofaunasi, ekologiyasi va ahamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kemiruvchilar orqali yuqadigan kasalliklar diagnostikasi va kemiruvchilarga qarshi kimyoviy kurash vositasi «Rodentisid» yordamida oldini olish choralari Respublika dezinfeksiya stansiyasining Toshkent shahri va Jizzax viloyati bo‘limlari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 7 avgustdagi 8-9-10/794-son ma’lumotnomasi). Natijada, kemiruvchilar zararini Toshkent shahri korxonalarida 70–80%, Jizzax shahri, Arnasoy hamda Sharof Rashidov tumanlarida 65–70% ga kamaytirish imkonini bergan;
kemiruvchilarni parazit gel`mintlari xilma-xilligini va shahar joylarda tarqalgan sichqonsimon kemiruvchilarning gel`mintofaunasini shakllanish xususiyatlarini hamda insonlardagi gel`mintlarning biotsenotik aloqalarini aniqlash tavsiyanomasi Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va qisman Xorazm viloyatlarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat ko‘mitasining 2020 yil 1 iyuldagi 02-02/8-1054-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tavsiyanoma ekologik vaziyat, shaharlar va aholi yashash punktlarining xavfsizligi va ekologik barqarorligini ta’minlash hamda  kemiruvchilar gel`mintlarini monitoring qilish va zararini kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish