Kerimov Komil Fikratovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Elektron resurslarni axborot xavfsizligi tahdidlaridan himoyasini ta’minlashning moslashuvchan modellari va usullari», 05.01.05 – Axborotlarni himoyalash usullari va tizimlari. Axborot xavfsizligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.DSc/T243.
Ilmiy maslahatchi: Hamdamov Rustam Hamdamovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Bekmuratov Tulkun Fayzievich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Musaev Muxammadjon Maxmudovich, texnika fanlari doktori, professor; Opanasenko Vladimir Nikolaevich, texnika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi elektron resurslarni axborot xavfsizligi tahdidlaridan himoya qilish uchun imzo va xulq-atvor tahliliga asoslangan moslashuvchan modellar va usullarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ob’ekt-xususiyatlar jadvalining o‘zaro ta’siriga asoslangan holda elektron resurslardagi axborot xavfsizligi tahdidi signaturalarining belgili fazosi va ma’lumotlar bazasi yaratilgan;
parametrli identifikasiya qilish usullari asosida elektron resurslarda axborot xavfsizligi tahdidlarini tasniflash algoritmlari ishlab chiqilgan;
veb-ilovalar brandmauer texnologiyasiga asoslangan elektron resurslarni SQL (Structured Query Language) in’eksiyasi va XSS (Cross-Site Scripting) kabi hujumlardan himoya qilish usullari ishlab chiqilgan;
signatura va xulq-atvor tahlili asosida elektron resurslarni himoya qilish uchun moslashuvchan modellar ishlab chiqilgan;
tilga bog‘liq bo‘lmagan echimlar asosida elektron resurslarni axborot xavfsizligi tahdidlaridan himoya qilishning usullari va algoritmlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Axborot xavfsizligi tahdidlaridan elektron resurslarni himoya qilishni ta’minlash uchun olingan ilmiy natijalar asosida:
ob’ekt-xususiyatlar jadvalining o‘zaro ta’siriga asoslangan holda elektron resurslardagi axborot xavfsizligi tahdidi signaturalarining belgili fazosi va ma’lumotlar bazasi va ular asosida ishlab chiqilgan dasturiy vosita Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markaziga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 30 martdagi 33-8/1922-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqotlar natijalaridan foydalanish elektron resurslarda zaiflik mavjudligiga operativ xolatni 1,5 baravarga oshirish, shuningdek veb-resurslar xavfsizligini 12 foizga oshirish imkonini bergan;
SQL in’eksiyasi va XSS kabi hujumlardan elektron resurslarni himoya qilishni ta’minlashning veb-ilovalar brandmauer texnologiyasiga asoslangan usullari va ular asosida ishlab chiqilgan dasturiy vosita "O‘zbektelekom" AK TTT filialiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 30 martdagi 33-8/1922-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqotlar natijalaridan foydalanish elektron resurslarda zaiflik mavjudligiga operativ xolatni 1,7 baravar oshirishga, shuningdek veb-resurslar xavfsizligini 18 foizga oshirishga imkon bergan;
parametrik identifikasiyalash usullari asosida elektron resurslardagi axborot xavfsizligi tahdidlarini tasniflash algoritmlari, shuningdek veb-ilovalar brandmauer texnologiyasi asosida elektron resurslarni himoya qilish usullari va ular asosida ishlab chiqilgan dasturiy vosita "O‘zbekiston temir yo‘llari" AK Axborot xavfsizligi va axborotni rivojlantirish direksiyasiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 30 martdagi 33-8/1922-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqotlar natijalaridan foydalanish elektron resurslarda zaiflik mavjudligiga javob berish vaqtini 50% ga kamaytirish, shuningdek veb-resurslar xavfsizligini 50% ga oshirish imkonini bergan;
elektron resurslarni axborot xavfsizligi tahdidlaridan tilga bohliqmas echimlar asosida himoya qilish usullari va algoritmlari va ular asosida ishlab chiqilgan dasturiy vosita “SKIF” MChJ faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 30 martdagi 33-8/1922-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqotlar natijalaridan foydalanish elektron resurslarda zaiflik mavjudligiga operativ xolatni 2 baravar oshirishga, shuningdek veb-resurslar xavfsizligini 30 foizga oshirishga imkon bergan.
ob’ekt-xususiyatlar jadvalining o‘zaro ta’siriga asoslangan holda elektron resurslardagi axborot xavfsizligi tahdidi signaturalarining belgili fazosi va ma’lumotlar bazasi, hamda parametrik identifikasiyalash usullari asosida elektron resurslardagi axborot xavfsizligi tahdidlarini tasniflash algoritmlari va ular asosida ishlab chiqilgan dasturiy vosita “SMART SOFTWARE” MChJ faoliyatiga qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 30 martdagi 33-8/1922-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqotlar natijalaridan foydalanish elektron resurslarda zaiflik mavjudligiga operativ xolatni 2,5 baravar oshirishga, shuningdek veb-resurslar xavfsizligini 50 foizga oshirish imkonini bergan;
SQL in’eksiyasi va XSS kabi hujumlardan elektron resurslarni himoya qilishni ta’minlashning veb-ilovalar brandmauer texnologiyasiga asoslangan usullari hamda signatura va xulq-atvor tahlili asosida elektron resurslarni himoya qilish uchun moslashuvchan modellar va ular asosida ishlab chiqilgan dasturiy vosita OOO “SOFTWARE DESIGN” faoliyatiga qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 30 martdagi 33-8/1922-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqotlar natijalaridan foydalanish elektron resurslarda zaiflik mavjudligiga operativ holatni 1,1 baravar oshirish, shuningdek veb-resurslar xavfsizligini 25 foizga oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish