Mannonov Jahongir Adashboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Innovatsion yondashuv asosida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining metodik kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped738.
Ilmiy rahbar: Qo‘ysinov Odil Almuratovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika unversiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped 48.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailova Zuxra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining metodik kompetentligini rivojlantirishning innovatsion texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining metodik kompetentligi tarkibiy tuzilmasi ta’lim oluvchining o‘quv faoliyati jarayonidagi (“hamkor”, “tajriba o‘tkazuvchi”, “konstrutor-yaratuvchi”, “fasilator”, “innovator”) hamda pedagogning ta’lim-tarbiyaviy faoliyat jarayonidagi (o‘quv jarayonini loyihalash, ta’lim natijalarini kvalimetrik tahlil eta olish, baholash) funksiyalarining o‘zaro bog‘liqligiga asoslanib optimallashtirilgan;
bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining metodik kompetentligini rivojlantirish texnologiyasi “Ta’lim rezonansi” innovatsion yondashuviga asoslangan “Brainstorming”, “Describe”, “Upgrade”, “SWOT- tahlil jadvali” va “Kaizen prinsipi” metodlarini kiritish orqali takomillashtirilgan;
ta’lim rezonansi bosqichlarini (tayyorlov bosqichi, asosiy bosqich, kritik nuqta, xulosalash, kompetentlik) belgilash asosida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining metodik kompetentligini rivojlantirishning faoliyatli modelini amaliyotga joriy etish algoritmi aniqlangan;
bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilari metodik kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv-metodik ta’minot mazmuni ta’lim oluvchining intellektual imkoniyatlarini hisobga oluvchi hamda reproduktiv, produktiv, qisman izlanuvchi va kreativlik darajalarini aniqlovchi ijodkorlik xarakteridagi topshiriqlar, nostandart muammoli topshiriqlar va mustaqil ish topshiriqlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Innovatsion yondashuv asosida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilari metodik kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining metodik kompetentligi tarkibiy tuzilmasini optimallashtirishga oid taklif va tavsiyalar tajriba-sinov maydonlaridagi 5111000–Kasb ta’limi va (5310600-Erusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (avtomobil transporti)) bakalavriat yo‘nalishlari malaka talablari hamda “Kasb ta’limi metodikasi” fani mazmunini takomillashtirishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 25 fevraldagi 89-03-804-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalar talabalarning metodik kompetentligini rivojlantirishga hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ITD-1-148 «Kasb ta’limi mazmunini modernizatsiyalash asosida o‘qituvchilar kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi» mavzusidagi amaliy loyihani amalga oshirishga xizmat qilgan;
kasbiy ta’lim jarayonida nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishda “Ta’lim rezonansi” innovatsion yondashuviga asoslangan metodlarini qo‘llash va bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining metodik kompetentligini rivojlantirishning faoliyatli modelini amaliyotga joriy etishga oid taklif va tavsiyalar “Kasb ta’limi metodikasi” o‘quv predmeti didaktik ta’minoti mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 25 fevraldagi 89-03-804-son ma’lumotnomasi). Mazkur ta’minot bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining metodik kasbiy salohiyati va kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini metodik kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv-metodik ta’minot mazmunini ijodkorlik xarakteridagi topshiriqlar, nostandart muammoli topshiriqlar va mustaqil ish topshiriqlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar 5111000–Kasb ta’limi (5310600-Erusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (avtomobil transporti)) bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashning metodik ta’minotini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 25 fevraldagi 89-03-804-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy ishlanmalar kasb ta’limi yo‘nalishlari talabalarining mustaqil ta’limini hamda metodik tayyorgarligini rivojlantirishga xizmat qilgan.