Asatulloev Inomjon Abobakir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Erix Fromm falsafiy antropologiyasida qalb konsepsiyasi», 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Fal198.
Ilmiy rahbar: Ruzmatova Gulnoz Miraxrarovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.30.12. 2019. F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Karimov Baxtiyor Raxmonovich, falsafa fanlari doktori, professor; Agzamxodjaeva Saida Sobitxanovna, siyosiy fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Erix Fromm falsafiy antropologiyasida inson qalbining mohiyati va uning o‘zgaruvchanligiga ta’sir etuvchi omillarni asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
inson qalbidagi tajovuzkorlik, buzg‘unchilik, zo‘ravonlik mayllari hamda sadizm, mazoxizm va nekrofiliyaning jamiyat taraqqiyoti va shaxs ma’naviy kamolotiga salbiy ta’siri ochib berilgan;
ijtimoiy munosabatlarda mustaqillik, tenglik, o‘zaro ishonch, tanqidiy yondashuvning mavjudligi shaxs ozodligining xususiyatlari ekanligi  asoslangan; 
haqiqiy muhabbat - yolg‘izlik, irodasizlik va ijtimoiy begonalashuvni bartaraf etish omili ekanligi tizimlilik tamoyili asosida dalillangan; 
jamiyatda ijodiy faollik va birodarlik muhabbatini shakllantirish axloqiy inqirozni  bartaraf etish omili ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Erix Fromm falsafiy antropologiyasida qalb konsepsiyasining amaliy ahamiyati bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
inson qalbidagi tajovuzkorlik, buzg‘unchilik, zo‘ravonlik mayllari hamda sadizm, mazoxizm va nekrofiliyaning jamiyat taraqqiyoti va shaxs ma’naviy kamolotiga salbiy ta’siri ochib berilganligiga doir xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Fan va Texnologiyalar agentligi tomonidan taqdim etilgan A-1-099 raqamli 2015-2017 yildagi «O‘zbekistonning barqaror strategik taraqqiyotida fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish va ma’naviy-axloqiy xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyalarining ahamiyati» mavzusidagi loyiha doirasida chop etilgan «Barkamol insonni tarbiyalash – davr talabi» nomli o‘quv-uslubiy ko‘rsatmaning «Ma’naviy yangilanishlar va ularning zamonaviy barkamol inson tarbiyasiga ta’siri» nomli 3-bobini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 noyabrdagi 89-03-4241 son ma’lumotnomasi). Natijalar  yoshlar ma’naviy kamolotiga va zamonaviy barkamol inson tarbiyasini shakllantirishga xizmat qilgan;
ijtimoiy munosabatlarda mustaqillik, tenglik, o‘zaro ishonch, tanqidiy yondashuvning mavjudligi shaxs ozodligining xususiyatlari ekanligiga oid xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Konunchilik palatasi Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiya tomonidan 2019 yil 8 noyabrdagi «Yoshlar bilan ishlashning dolzarb masalalari»ga bag‘ishlangan uchrashuv doirasida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Yoshlar masalalari bo‘yicha Komissiyaning 2019 yil 18 noyabrdagi 20/01-39-son dalolatnomasi). Natijalar Erix Fromm qarashlari asosida yoshlarga xos erkinlik, ozodlik, tenglik istagini tushunishga, unga yangicha yondashuvni ishlab chiqishda o‘z ifodasini topgan;
haqiqiy muhabbat - yolg‘izlik, irodasizlik va ijtimoiy begonalashuvni bartaraf etish omili ekanligi ochib berilganligiga oid xulosalaridan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi Ijroiya qo‘mitasining 2018 yil 3 yanvardagi «Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning natijadoligi va 2018 yildagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida»gi 01-03/20 sonli qarori ijrosini ta’minlashda, O‘zbekison Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi Ijroiya qo‘mitasining 2018 yil 3 yanvardagi 01-03/18 sonli qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan 2018 yil uchun mo‘ljallangan yillik reja»ning 39-bandi ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2019 yil 22 noyabrdagi 04-13/5284-son dalolatnomasi). Natijalar yoshlarda zo‘ravonlik, buzg‘unchilik mayllarini kuchayishi, nafratga asoslangan jinoyatchilik, ekstemistik va terroristik dunyoqarashni shakllanishini oldini olishga xizmat qilgan;
jamiyatda ijodiy faollik va birodarlik muhabbatini shakllantirish axloqiy inqirozni  bartaraf etish omili ekanligiga oid xulosalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 3 maydagi PQ-4307-sonli «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi» qaroriga asosan o‘tkazilgan «Ma’naviyat festivali» tadbirlarda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 15 noyabrdagi 02-09/1546-son dalolatnomasi). Olingan natijalar  ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligiga va jamiyatda jinoyatchilik, zo‘ravonlik va buzg‘unchilik bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni oldini olishga xizmat qilishi ilmiy asoslangan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish