Mullaxo‘jaeva Ra’no Toshxo‘jaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «80-yillar o‘zbek she’riyatida poetik tafakkur yangilanishi va Shavkat Rahmon ijodi», 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Fil.1042.
Ilmiy rahbar: Karimov Naim Fotihovich, filologiya fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.01.
Rasmiy opponentlar: Quronov Dilmurod Haydaralievich, filologiya fanlari doktori, professor; To‘laboev Olim Oltinovich, filologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: XX asrning 80-yillari o‘zbek she’riyatida poetik tafakkur yangilanishini shoir Shavkat Rahmon ijodi misolida aniqlash, shoir she’rlarining shakli, mazmuni hamda g‘oyaviy-badiiy xususiyatlarini atroflicha o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
80-yillar she’riyatida badiiy tafakkurning yangilanish jarayonlari Shavkat Rahmon ijodi qamrovida ko‘rsatilgan;
shoirning ijod yo‘li davriy bosqichlarga ajratilib, she’riyatiga xos jihatlar belgilangan;
Sh.Rahmon she’rlari mavzularining davr bilan uyg‘unligi aniqlanib, shoirning shakl borasidagi izlanishlari, vazn va qofiya sistemasidagi yangiliklari aniqlangan;
she’riyatda poetik obraz va ohangning muhim o‘rin tutishi, shoirning poetik so‘z qo‘llash mahorati muayyan matndagi ma’no qatlamlarini aniqlash orqali ko‘rsatilgan;
shoir she’rlarida ifodalangan yetakchi g‘oya va mazmun tadriji aniqlanib, bosqichma-bosqich ilmiy asosda qayd etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
XX asr o‘zbek she’riyatida badiiy tafakkurning yangilanish jarayonlari hamda Shavkat Rahmon va uning zamondoshlari ijodi qiyosi bilan bog‘liq ilmiy natijalar asosida:
jahon adabiyotiga xos turli poetik izlanishlar ko‘lamida o‘zbek adabiyoti, xususan, she’riyatida poetik obraz va ohangning muhim o‘rni, ijodkorning poetik so‘z qo‘llash mahorati, she’riyatda ijtimoiy-falsafiy g‘oya va mazmun tadrijini nazariy jihatdan o‘rganilishi bilan bog‘liq muammolarni ilmiy asoslash borasida O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori institutida bajarilgan FA-F1-G040 “O‘zbek adabiyoti qiyosiy adabiyotshunoslik aspektida: tipologiya va adabiy ta’sir” fundamental ilmiy tadqiqot loyihasida qo‘llanilgan (Fanlar akademiyasining 2020 yil 25 iyundagi 3/1255-1313-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini qo‘llash XX asr o‘zbek she’riyatida badiiy tafakkurning yangilanish jarayonlarini hamda Shavkat Rahmon va uning zamondoshlari ijodi bo‘yicha tadqiqotlar yaratishda ko‘maklashgan;
Shavkat Rahmon ijodining o‘zbek adabiyotidagi o‘rni bilan bog‘liq nazariy fikrlardan “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyotida bajarilgan A-1-107 raqamli “XX asr o‘zbek mumtoz adabiyotshunosligi”, “XX asr o‘zbek fol`klorshunosligi antologiyalarini nashrga tayyorlash” (2015–2017) amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2020 yil 20yanvardagi 01-31-son ma’lumotnomasi). Natijada XX asr o‘zbek she’riyati, poetik tafakkurdagi yangilanishlar masalasi, Shavkat Rahmon ijodining o‘zbek adabiyotdagi o‘rni, shoir ijodida fol`klor motivlari, obrazlar semantikasi kabi masalalar amaliy loyihani boyitishga imkon bergan;
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanalidagi “Dunyo adabiyoti” (Federiko Garsia Lorkaga bag‘ishlangan soni) va “Unutilmas siymolar” (Shavkat Rahmon ijodiga bag‘ishlangan soni) dasturlarini tayyorlashda (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2020 yil 25 fevraldagi 01-16/50-son ma’lumotnomasi), Milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston” teleradiokanali DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshitirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Bedorlik”, “Adabiy jarayon” radioeshittirishlarida (2019–2020 yil sentyabr` va fevral` oylari) ilmiy ish natijalaridan foydalanilgan (“O’zbekiston” teleradiokanali DUK 2020 yil 29 fevraldagi 04-25-422-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv va eshittirishlarning ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlanib, shoir ijodiy merosining o‘ziga xos badiiy-estetik qimmatiga bag‘ishlangan tahliliy ko‘rsatuv va eshittirishlar saviyasi yanada mukammallashgan;
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Shavkat Rahmon tavalludiga va ijodiga bag‘ishlab o‘tkazilgan ilmiy-adabiy anjumanda ishning ilmiy natijalariga tegishli muhim xulosalar asosida ma’ruza qilingan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmsining 2020 yil 22 yanvardagi 01-03-06/83-son ma’lumotnomasi). Shavkat Rahmon ijodi, 80-yillar o‘zbek she’riyatida kechgan g‘oyaviy-badiiy yangilanishlar, shoirlarning shakl borasidagi izlanishlari haqida muhim xulosalar anjuman ishtirokchilar tomonidan yangilik sifatida qabul qilingan, natijada adabiy jamoatchilik va yosh avlodning mazkur davr she’riyati va poetik yangilanishlariga jiddiy e’tibor qilish lozimligi haqidagi fikr yanada qat’iylashish imkonini bergan.