Boboxo‘jaev Baxtiyor Nazirxo‘jaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida mahsulotlar assortimentining marketing boshqaruvini takomillashtirish», 08.00.11 – Marketing (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Iqt52.
Ilmiy rahbar: Boltabaev Maxmudjon Rustamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Bekmuradov Adxam Sharipovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Otajonov Shuxrat Ibrayimjonovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahsulotlar assortimenti bo‘yicha marketing boshqaruvi jarayoniga tizimli yondashishni rivojlantirish va uni amalga oshirishning amaliy instrumentlarini shakllantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tovarlar assortimentini boshqarish strategik variantlarini tanlash strategik maqsad asosida «sotuvlar tahlili» yoki «rentabellik tahlili» matrisasiga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
mahsulotlar assortimentini marketing boshqaruvi mexanizmi «tovar sotib olish», «tovar zaxiralari harakati», «tovarlarni sotish» modellarini o‘zaro muvofiqlashtirish orqali takomillashtirilgan;
tadbirkorlik sub’ektilarida mahsulotlar assortimenti marketingi samaradorligini oshirish yuzasidan mahsulotni rejalashtirish, rivojlantirish va savdoni qo‘llab-quvvatlash tuzilmasini tashkil etish asoslangan;
tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida mahsulot zaxiralarining marketing boshqaruvi tizimi ABC hamda XYZ kategoriyalari bo‘yicha tasniflashga asoslangan holda takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida mahsulotlar assortimentining marketing boshqaruvini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar asosida:
tovarlar assortimentini boshqarishning strategik variantlarini tanlashda «sotuvlar tahlili» va «rentabellik tahlili» matrisalaridan uyg‘un holda foydalanish taklifi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tizimida, jumladan «WILLING TEXTILE», «BEST TEXTILE GROUP» va «OSBORN TEXTILE» MChJda amaliyotga joriy qilingan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2020 yil 9 iyundagi 01/18-1487-son ma’lumotnomasi). Takliflarning faoliyatda qo‘llanilishi natijasida sotuv hajmi «WILLING TEXTILE» MChJda 12,5%ga, «BEST TEXTILE GROUP» MChJda 11,6%ga va «OSBORN TEXTILE» MChJda 18,7%ga oshgan;
«tovar sotib olish», «tovar zaxiralari harakati», «tovarlarni sotish» modellari asosida tizimli va jarayonli yondashuvlarni uyg‘unlashtirish bo‘yicha takliflar «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tizimida, jumladan, «WILLING TEXTILE», «BEST TEXTILE GROUP» va «OSBORN TEXTILE» MChJda amaliyotga joriy qilingan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2020 yil 9 iyundagi 01/18-1487-son ma’lumotnomasi). Takliflarning faoliyatda qo‘llanilishi natijasida sotuv rentabilligi «WILLING TEXTILE» MChJda 14,6% ga, «BEST TEXTILE GROUP» MChJda 15,1% ga va «OSBORN TEXTILE» MChJda 16,2 %ga oshgan;
tadbirkorlik sub’ektlarida mahsulotlar assortimenti bo‘yicha marketing boshqaruvi tizimi talabni boshqarishni tavsiflovchi mahsulotni rejalashtirish, mahsulotni yaratish, mahsulotni rivojlantirish va savdoni qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari tashkil etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2020 yil 9 iyundagi 01/18-1487-son ma’lumotnomasi). Takliflarning faoliyatda qo‘llanilishi natijasida boshqaruv xarajatlari «WILLING TEXTILE» MChJda 7,2% ga, «BEST TEXTILE GROUP» MChJda 7,2% ga va «OSBORN TEXTILE» MChJda 8,3%ga kamaygan;
tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida mahsulot zaxiralarining marketing boshqaruvi tizimi ABC hamda XYZ kategoriyalari bo‘yicha tasniflashga asoslangan tahlil usullarini qo‘llash bo‘yicha takliflar «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tizimida, jumladan, «WILLING TEXTILE», «BEST TEXTILE GROUP» va «OSBORN TEXTILE» MChJda amaliyotga joriy qilingan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2020 yil 9 iyundagi 01/18-1487-son ma’lumotnomasi). Takliflarning faoliyatda qo‘llanilishi natijasida zaxira miqdori «WILLING TEXTILE» MChJda 9,2% ga, «BEST TEXTILE GROUP» MChJda 7.0% ga va «OSBORN TEXTILE» MChJda 10,1%ga kamaygan.