Baymirzaev Baxtiyor Jumanazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekko‘mir” aksionerlik jamiyatini innovatsion faoliyat asosida samarali rivojlantirish”,08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusiro‘yxatgaolinganraqam: B2018.3.PhD/Iqt637.
Ilmiy rahbar: Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: Qorieva Yakut Karimjanovna, iktisodiyot fanlari doktori, professor; Burxonov Aktam Usmonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshimuxandislik-iqtisodiyoti nstituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “O‘zbekko‘mir” aksionerlik jamiyati samaradorligini  innovasion faoliyatni rivojlantirish acocida oshirish bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavciyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘mir sanoati ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning muhim rezervi sifatida mahsulotlar tarkibini toshko‘mir va qo‘ng‘irko‘mir qazib chiqarish va ularga ishlov berish asosida diversifikatsiyalash asoslangan;
innovatsion rivojlantirish sharoitida “ishlabchiqarish-ilmiy-salohiyat” integratsiyasi samaradorligini oshirishda davlat xususiy sherikchilik, maqsadli istiqbol ko‘rsatkichlar asosida monitoringlash, mikro-mezo darajalarida innovatsion faoliyat infratuzilmalarini rivojlantirish kabi mexanizmlar taklif qilingan;
ko‘mir mahsulotlari ichki va tashqi bozorida raqobatning kuchayishi sharoitida investisiyalarni ustuvor darajada asosiy ishlab chiqarish fondlarini yangilash va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirishga yo‘naltirish asoslangan;
ko‘mir sanoatini rivojlantirish strategiyasida briketko‘mir, birlamchi va ikkilamchi koalin ishlab chiqarishning yangi turlarini jadal rivojlantirishning maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sanoat korxonalarida innovatsion  faoliyatni samarali amalga oshirishni  takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
toshko‘mir va qo‘ng‘irko‘mir qazib chiqarish, ularga ishlov berish asosida mahsulotlar tarkibini diversifikatsiyalash bo‘yicha takliflar “O‘zbekko‘mir” aksionerlik jamiyati faoliyatiga 2020 yil 20 maydagi 61-sonli buyrug‘i bilan joriy qilingan (“O‘zbekko‘mir” AJning 2020 yil 10 iyuldagi 01-13/772-son ma’lumotnomasi).Ushbu takliflarning amaliyotga joriy qilinishi 2018 yilda ishlab chiqarish faoliyatidan olingan foydaning 2017 yilga nisbatan 5,48 mlrd.so‘mga oshirish imkonini bergan;
davlat-xususiy sherikchilik, maqsadli istiqbol ko‘rsatkichlari asosida monitoringlash, mikro-darajalarida innovatsion faoliyat infratuzilmalarini rivojlantirish kabi mexanizmlar  “O‘zbekko‘mir” aksionerlik jamiyatining 2020 yil 20 maydagi 61-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekko‘mir” AJning 2020 yil 10 iyuldagi 01-13/772-son ma’lumotnomasi). Mexanizmlarning amaliyotga joriy qilinishi integratsion jarayonlarni samarali tashkil qilgan holda  ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va ushbu jarayon ishtirokchilarining sinergetik samaradorligini 17%ga oshirish imkonini beradi;
Investisiyalarni ustuvor darajada asosiy ishlab chiqarish fondlarini yangilash va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirishga yo‘naltirish bo‘yicha takliflar “O‘zbekko‘mir” aksionerlik jamiyati ishlab chiqarish amaliyotiga joriy qilingan (“O‘zbekko‘mir” AJning 2020 yil 10 iyuldagi 01-13/772-son ma’lumotnomasi). Takliflarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida “O‘zbekko‘mir” AJning moliya-xo‘jalik faoliyatini tashkil qilishning samarali tizimini yaratishga va korxonani rivojlantirish strategik rejasini ishlab chiqishga imkon berdi. Natijada, “O‘zbekko‘mir” AJ va uning  viloyatlardagi filiallari unumdorligi mavjud ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanishi va ishlab chiqarish fondlarini yangilashi natijasida 7,4 foizga oshirish imkonini bergan.
Ko‘mir sanoatini rivojlantirish strategiyasida briketko‘mir, birlamchi va ikkilamchi koalin ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar “O‘zbekko‘mir” aksionerlik jamiyati faoliyatiga joriy qilingan(“O‘zbekko‘mir” AJning 2020 yil 10 iyuldagi 01-13/772-son ma’lumotnomasi). Takliflarning amaliyotga joriy qilinishi 2018 yilda ishlab chiqarish faoliyatidan olingan foydani 2017 yilga nisbatan 5,48 mlrd.so‘mga oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish