Yuldashov Baxtiyorjon Abduganievichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Notrug‘un stenokardiyali bemorlar toj arteriyalarini turli xil implantlar bilan stentlashning samaradorligi», 14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tib750.
Ilmiy maslahatchi: Yuldoshev Nabijon Pirimovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.64.01.
Rasmiy opponentlar: Tulaboeva Gavxar Mirakabarovna, tibbiyot fanlari doktori; Robert Gil Djulian, professor (Pol`sha).
Yetakchi tashkilot: V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: noturg‘un stenokardiyali bemorlarning koronar arteriyalarni turli xildagi implantlar bilan stentlashning klinik-gemodinamik va angiografik samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor noturg‘un stenokardiyaning turli klinik shakllarida angiografik suratning rentgen-morfologik xususiyatlari aniqlangan;
noturg‘un stenokardiyani klinik kechishi, zararlangan koronar tomirlar angiografik surati va yurak ichi gemodinamikasi ko‘rsatkichlari orasidagi o‘zaro bog‘liqlik isbotlangan;
noturg‘un stenokardiyani turli klinik shakllarida koronar tomirlarni stentlashdan keyin yaqin va uzoq muddatlarda bu usulning klinik samaradorligi isbotlangan;
noturgun stenokardiya bilan ogrigan bemorlarda turli xil stentlarni differensial qo‘llashga karatilgan endoshuv hamrox kasalliklarni inobatga olgan holda qo‘llash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Notrug‘un stenokardiyali bemorlar toj arteriyalarini turli xil implantlar bilan stentlashning samaradorligi bo‘yicha olib borilgan ilmiy izlanishlar asosida:
"Noturg‘un stenokardiyaning turli shakllarida intervension aralashuv usulini tanlash algoritmi" nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 29 iyuldagi 8n-z/92-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning amaliyotga kiritilishi turli shakldagi NS da implantatsiya qilingan har xil turdagi implantlarni o‘rnatishda tanlangan shaxsiy taktikani aniqlash, bu esa ushbu patologiyasi bo‘lgan bemorlarni davolash samaradorligini oshirish, kasallikning kechishi va prognozini yaxshilash, asosiy yurak qon-tomir asoratlari va qayta kasalxonaga yotqizish holatlarini kamaytirish imkonini bergan.
Turli xil implantlar bilan koronar arteriyalarni stentlash samaradorligini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazining Namangan filiali va Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 29 iyuldagi 8n-z/92-son ma’lumotnomasi). Natijada salbiy klinik va angiografik prognozlarni erta aniqlashga, NS bilan og‘rigan bemorlarda endovaskulyar usullarni optimallashtirishga va kasallikning kechishini, hayot sifati va prognozini yaxshilashga, asoratlarning 1,3 martaga, kasalxonaga yotqizish sonini 2,1 martaga va davolanish davomiyligini 2 barobar yaxshilashga imkon bergan.