Boymatov Ismoiljon Mamatqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bentonit va ko‘mir asosida modifikatsiyalangan adsorbentlar olish va ularning sorbsiya xususiyatlarini o‘rganish», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/K.283.
Ilmiy rahbarlar: Eshmetov Izzat Dusimbatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Akbarov Xamdam Ikramovich, kimyo fanlari doktori, professor; Raxmatkarieva Firuza Gayratovna, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: : nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Navbahor ishqoriy bentonitini faollangan ko‘mir bilan modifikatsiyalash orqali yuqori samarador ugle-mineral adsorbentlar olish va ularning sorbsion xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Navbahor ishqoriy bentonitini suv bug‘i yordamida faollantirib olingan ko‘mir adsorbentlar bilan modifikatsiyalash natijasida ugle-mineral adsorbentlar olishning maqbul sharoitlari aniqlangan;
olingan adsorbentlarda turli xossalarga ega bo‘lgan adsorbtivlar, ya’ni organik birikmalar (benzol, toluol, piridin) va suv bug‘lariga nisbatan adsorbsion xossalari aniqlangan;
ugle-mineral adsorbentlarda qutbsiz va kutbli molekulalar adsorbsiya izotermalaridan Angren qo‘ng‘ir ko‘miri asosida olingan namunalarda qutbsiz (benzol va toluol) va qutbli (piridin) molekulalar adsorbsiya qiymati mos ravishda: AnUMS-4> AnUMS-3> AnUMS-2> AnUMS-1 va AnUMS-4> AnUMS-1> AnUMS-2> AnUMS-3 tartibida; chinor daraxti asosida olingan namunalarda: ChDKUMS-4> ChDKUMS-3> ChDKUMS-2> ChDKUMS-1 va ChDKUMS-4> ChDKUMS-1> ChDKUMS-2> ChDKUMS-3 tartibida kamayib borishi aniqlangan;
mikrog‘ovaklar hajmiy to‘yinish nazariyasi tenglamalari yordamida olingan ugle-mineralli sorbentlarning adsorbsion izotermalari asosida struktur-sorbsion hamda g‘ovaklar hajmi ko‘rsatkichlarini tavsiflash bilan ularning mikrog‘ovakli tuzilishga ega ekanligi isbotlangan;
ugle-mineral adsorbentlar yordamida sanoat oqava suvlarini organik va noorganik qo‘shimcha moddalardan kompleks tozalashning maqbul sharoitlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bentonit va ko‘mir asosida modifikatsiyalangan adsorbentlar olish va ularning sorbsiya xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oqava suvlar tarkibidagi organik qo‘shimchalardan ugle-mineral adsorbentlar yordamida tozalash usuli O‘zbekiston Respublikasi yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining istiqbolli ishlanmalar ro‘yxatiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2020 yil 02 iyuldagi OZ/3-797-sonli ma’lumotnomasi). Natijada oqava suvni tarkibidagi neft` mahsulotlardan tozalash imkonini bergan;
oqova suvlarni tarkibidagi kislota ionlaridan ugle-mineral adsorbentlar yordamida tozalash usuli O‘zbekiston Respublikasi yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining istiqbolli ishlanmalar ro‘yxatiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2020 yil 02 iyuldagi OZ/3-797-sonli ma’lumotnomasi). Natijada oqova suvlar tarkibidagi kislota anionlarini 80% va organik birikmalarni 97% gacha tozalash imkonini bergan.