Irmuxamedov Axmadjon Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mitral klapan degenerativ zararlanishini jarroxlik davolashda mini-invaziv texnologiyalar», 14.00.34 – Yurak-qon tomir xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tib794.
Ilmiy rahbar: Zufarov Mirjamol Mirumarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Asamov Ravshan Erkinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aliev Sherzod Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: taktik-texnik jihatlarni maqbullashtirish va mini-invaziv rekonstruksiya-tiklash jarrohlik amaliyotlarini joriy qilish orqali mitral klapan degenerativ nuqsonlarini jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mitral klapanning degenerativ zararlanishi bo‘lgan alomatsiz bemorlarda yurak gemodinamikasi ko‘rsatkichlarining buzilishi mavjudligini tasdiqlovchi belgilarni aniqlashda yuklamali funksional testlarning yuqori darajada ma’lumotdorligi isbotlangan;
gemodinamik profil` va yurakning qisqartirish funksiyasi pasayish darajasini, shuningdek qon aylanishining zo‘riqishi borasidagi o‘ziga xos prognoz mezonlarini hisobga olgan holda birlamchi alomatli va alomatsiz mitral regurgitatsiya uchun xos bo‘lgan klinik-patogen xususiyatlarga aniqlik kiritilgan;
katta va kichik qon aylanish doirasining yuklama hajmidan kelib chiqqan holda, degenerativ genezning alomatsiz mitral etishmovchiligi klinik ko‘rinishining rivojlanishi va kuchayishi patognomonik xususiyatlari ochib berilgan;
mitral klapanda mini-invaziv video-assistentli jarrohlik aralashuvidan so‘ng yaqin oradagi asoratlarning xususiyati, soni va rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi jarrohlik amaliyotidan keyingi muhim omillarga aniqlik kiritilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mitral klapanning degenerativ zararlanishida mini-invaziv rekonstruktiv-tiklash bo‘yicha jarrohlik amaliyotlarining taktik-texnik jihatlarini maqbullashtirish borasidagi olingan ilmiy natijalar asosida:
«Mitral klapanning degenerativ zararlanishlarini jarrohlik yo‘li bilan davolashda mini-invaziv texnologiyalar» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 20 iyul`dagi 8n-z/87-son m’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalar mitral klapanning degenerativ zararlanishlarini tashhislash sifatini yaxshilash, jarrohlik amaliyotidan keyingi asosratlar sonini kamaytirish, shuningdek mini-invaziv jarrohlik amaliyotlaridan so‘ng turmush sifatini imkon qadar oldindan taxmin qilish imkonini bergan;
mitral klapanning degenerativ zararlanishida mini-invaziv rekonstruktiv-tiklash jarrohlik amaliyotlarining taktik-texnik jihatlarini maqbullashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatida, xususan, Akademik V.Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot jarrohlik markazi kardiojarrohlik bo‘limi, Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot jarrohlik markazi Namangan va Urganch filiallari faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 20 iyul`dagi 8n-z/87-son ma’lumotnomasi) tadbiq etilgan. Degenerativ genez mitral klapan etishmovchiligining minimal invaziv jarrohligi taktik va texnik jihatlarini takomillashtirish, yurak etishmovchiligining 79% holatlarda davolash, jarrohlik amaliyotidan keyingi asoratlarni 58,5% dan 36,4% gacha kamaytirish va bemorlarning jismoniy va ruhiy holatini sezilarli yaxshilash imkonini bergan.