Gulamov Abdulaziz Abdullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Temir yo‘l kompaniyasining asosiy kapitalini iqtisodiy jihatdan baholash metodologiyasini takomillashtirish (“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati misolida)», 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.DSc/Iqt97.
Ilmiy maslahatchi: Kasimova Mag‘firat Sobirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSs.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: Iskanderov Ibrohimjon Iskanderovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Qodirov Abdurashid Majidovich, iqtisodiyot fanlari doktori; Salimov Baxtiyor Tadjievich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent avtomobil` yo‘llarni loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: naza riy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida temir yo‘l transporti korxonalarining asosiy kapitalini iqtisodiy nuqtai nazardan baholashda metodologik yondashuvlarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
temir yo‘l transportida asosiy kapitalni qayta tiklashni shakllantirish qayta tiklashga ta’sir etuvchi «amortizatsiya sig‘imi», «yuk va yo‘lovchilar aylanmasi», «zaxiradagi va konservatsiyadagi nosoz texnika ulushi» kabi ko‘rsatkichlar chegaraviy qiymatlarini inobatga olgan holda takomillashtirilgan;
inflyasiya, transport xizmatlariga ehtiyojning beqarorligi sharoitida o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda ob’ektning optimal xizmat muddatiga amortizatsion yondashuv investisiyani asosiy kapitalning har bir turiga yo‘naltirish va tezlashtirilgan amortizatsiyani maqsadli qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
vagonlarni qayta tiklash jarayoni reinjiniringi hamda axborot texnologiyalari ta’minoti mutanosibligini ta’minlash asosida xizmat ko‘rsatish infratuzilmasining maqsadli kontrolling tizimi takomillashtirilgan;
kiritilayotgan investisiyalarni baholash, asosiy fondlarni yangilash, tiklash koeffisientlarining o‘zgarishini oldindan prognozlash va eskirish darajasini kamaytirish befarqlik chizig‘ini qurish asosida takomillashtirilgan;
asosiy kapitaldan samarali foydalanishga qaratilgan temir yo‘l transportini 2025 yilgacha mo‘ljallangan strategik rivojlantirish prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Temir yo‘l kompaniyasining asosiy kapitalini iqtisodiy jihatdan baholash metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
temir yo‘l transportida asosiy kapitalni qayta tiklashni shakllantirish qayta tiklashga ta’sir etuvchi «amortizatsiya sig‘imi», «yuk va yo‘lovchilar aylanmasi», «zaxiradagi va konservatsiyadagi nosoz texnika ulushi» kabi ko‘rsatkichlar chegaraviy qiymatlari «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatida hamda «Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi» aksiyadorlik jamiyatida amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 11 noyabrdagi 01/6309-19-son ma’lumotnomasi). Natijada 2014 yilda jamiyat ishlab chiqarish resurslari samaradorligi dinamikasini 13,1 dan 2018 yilda 41,2 so‘m/keltirilgan tonna-kilometr darajasigacha oshirish imkonini bergan;
uzoq va o‘rta muddatli istiqbolda investisiyani asosiy kapitalning har bir turiga yo‘naltirish va tezlashtirilgan amortizatsiyani maqsadli qo‘llash bo‘yicha taklifidan «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil biznes rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 11 noyabrdagi 01/6309-19-son ma’lumotnomasi). Natijada asosiy kapitalning har bir turiga yo‘naltiriladigan zarur investisiyalar hajmini inobatga oluvchi chora-tadbirlarini ishlab chiqish imkonini bergan;
vagonlarni qayta tiklash jarayoni reinjiniringi hamda axborot texnologiyalari ta’minoti mutanosibligini ta’minlash asosida xizmat ko‘rsatish infratuzilmasining maqsadli kontrolling tizimi «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil biznes rejasida qo‘llanilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 11 noyabrdagi 01/6309-19-son ma’lumotnomasi). Natijada boshqaruv tizimidagi barcha bo‘g‘inlarni asosiy kapital to‘g‘risida operativ va ilmiy asoslangan ma’lumotlarni olish hamda qaror qabul qilish holatini muntazam monitoring qilish imkonini bergan;
kiritilayotgan investisiyalarni baholash, asosiy fondlarni yangilash, tiklash koeffisientlarining o‘zgarishini oldindan prognozlash va eskirish darajasini kamaytirish befarqlik chizig‘ini qurish «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining «Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi» aksiyadorlik jamiyati tomonidan qayta tiklash va eskirish koeffisientlarini prognoz qilish orqali amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 11 noyabrdagi 01/6309-19-son ma’lumotnomasi). Natijada asosiy kapitalning mashina va uskunalar qismiga kiritilayotgan fondlar miqdori 14,2 mlrd. so‘mni hamda hisobdan chiqariladigan fondlar miqdori 7,764 mlrd. so‘mni tashkil etsa, eskirish koeffisienti 0,9-1,1 foizga kamayishini aniqlash imkonini bergan;
asosiy kapitaldan samarali foydalanishga qaratilgan temir yo‘l transportini 2025 yilgacha mo‘ljallangan strategik rivojlantirish prognoz parametrlari taklif «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati faoliyatida foydalanilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 11 noyabrdagi 01/6309-19-son ma’lumotnomasi). Natijada jamiyatning 1 ming kelt. t-km ga shu kabi 1 ming so‘mga ortishi bilan asosiy fondlari yangilanish sur’atlari mos ravishda, 0,176%, 1,009%, 6,860% va 0,326% ga oshgan;
ko‘p omilli kumulyativ unumdorlik tizimi temir yo‘l transporti kommunikatsiyalar faoliyatini tavsiflovchi moliyaviy, iqtisodiy, texnik, marketing va tashkiliy mezonlarning o‘zaro tizimli ta’sirini baholash «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining Moliya boshqarmasining Hisobotlarni umumlashtirish va metodologiya bo‘limida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ asosiy vositalarni qayta tiklashda tavakkalchilikni boshqarish siyosatining yangi tahririni ishlab chiqishga joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 11 noyabrdagi 01/6309-19-son ma’lumotnomasi). Natijada qayta tiklanish imkoniyatlarini aniqlash hamda aksiyadorlik jamiyatining tashqi «chaqiriqlarini» muntazam monitoringini yuritish ish unumini 25 % oshirish imkonini bergan.