Nishanov Murodjon Foziljonovichning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligining asoratlangan shakllarida endoskopik va an’anaviy aralashuvlarning raqobatli istiqbollari», 14.00.27 – «Xirurgiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.DSc/Tib379.
Ilmiy maslahatchi: Nazirov Feruz Gafurovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyatko‘rsatayotganmuassasanomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiyopponentlar: Gurbanxan Fatali ogli Muslimov, tibbiyot fanlari doktori, professor (Ozarbayjon Respublikasi); Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sadikov Rustam Abrorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abuali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak surunkali yaralarining asoratlangan shakllari bilan bemorlarni jarrohlik yo‘li bilan davolashning taktik-texnik jihatlarini takomillashtirish yo‘li bilan davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligining klinik-patogenetik kechishi xususiyatlari, jarayonning joylashuvi va asoratlar xarakterini hisobga olgan holda Farg‘ona vodiysi aholisi orasida kasallik tarqalganligining intensiv ko‘rsatkichi aniqlangan;
oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligining turli asoratlari bilan bemorlarni jarrohlik yo‘li bilan davolash sifatida olingan bir qator chok qo‘yish bilan gastroduodenoanastomoz qo‘yish orqali oshqozonni ekonom rezeksiyasi va kichik charvini kesib tashlash usuli ishlab chiqilgan;
standart usullarga qaraganda kamroq travmatik va funksional postrezeksion asoratlar rivojlanish xavfini kamaytiruvchi bir qatorli chok qo‘yish bilan terminolateral egri gastroduodenoanastomoz qo‘yish orqali oshqozon antrumrezeksiyasi usuli ishlab chiqilgan;
yarani kesib tashlashga mo‘ljallangan piloroduodenal lokalizatsiyali yara kasalligi asoratlarini jarrohlik yo‘li bilan davolashning a’zoni saqlab qoluvchi usullari va bir qatorli chok bilan piloroduodenoplastika bajarish usullari ishlab chiqilgan;
oshqozon-ichak trakti yuqori qismida joylashgan yaralardan qon ketish fonida spontan gemostazda, profilaktik maqsadda endoskopik amaliyotlarni bajarish orqali gemorragik sindromning erta qaytalanishi xavfining kamayishi va shoshilinch jarrohlik yordami zaruriyati aniqlangan;
bemorlarning somatik holati va oshqozonning motor-evakuator funksiyasini inobatga olgan holda endoskopik bujlashni qo‘llash bilan piloroduodenal stenozning dekompensatsiya bosqichidagi bemorlarni kompleks tashrix oldi tayyorgarligi ta’sirining klinik-funksional xususiyatlari aniqlangan;
oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi asoratlarini jarrohlik yo‘li bilan davolashning taklif etilgan a’zoni saqlab qoluvchi usullari qo‘llanilgandan so‘ng oshqozonning kislota ishlab chiqaruvchi va motor-evakuator funksiyasi holatining patognomik xususiyatlari belgialangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligining asoratli shakllari bilan bemorlarga ko‘rsatiladigan yuqori texnologiyali yordam sifatini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«O‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligida perforatsiya bilan asoratlangan, ikki yoqlama joylashgan yaralarni xirurgik davolash usuli» ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2014 yil 22 oktyabrdagi IAP 04962-sonli ixtiro uchun patenti). Taklif etilgan usul perforatsiya bilan asoratlangan yara kasalligini xirurgik davolashda tashrixdan keyingi asoratlar chastotasini kamaytirish imkonini bergan;
«Oshqozon rezeksiyasi va gastroduodenoanastomoz qo‘yish usuli» ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2016 yil 24 noyabrdagi IAP 05306-sonli ixtiro uchun patenti). Taklif etilgan usul oshqozon yarasi kasalligini xirurgik davolash natijalarini yaxshilash imkonini bergan;
«Oshqozon antrumrezeksiyasi va qiyshiq terminolateral gastroduodenoanastomoz qo‘yish usuli» ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2020 yil 13 martdagi IAP 06188-sonli ixtiro uchun patenti). Taklif etilgan usul o‘n ikki barmoq ichak yarasi kasalligini xirurgik davolash natijalarini yaxshilash imkonini bergan;
«Oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yaralaridan qon ketishda jarrohlik taktikasi algoritmi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 3 avgustdagi 8n-z/95-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan tavsiyalar oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yaralarini, ayniqsa, kasallikning asoratli kechgan guruhidagi bemorlarni davolash natijalarini yaxshilash imkonini bergan;
«Oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak perforativ yaralarini jarrohlik yo‘li bilan davolash usullari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 3 avgustdagi 8n-z/95-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar qon ketishlarning erta qaytalanishlari rivojlanish xavfini va kasallikni jarrohlik yo‘li bilan davolash zaruriyatini kamaytirish imkonini bergan;
«Stenoz bilan asoratlangan oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yaralarini jarrohlik yo‘li bilan davolash usullari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 3 avgustdagi 8n-z/95-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar qoniqarli va yaxshi natijalar ko‘rsatkichini oshirish, qoniqarsiz natijalar sonini kamaytirish, o‘ziga xos va umumiy asoratlar, o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirish imkonini bergan;
oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yaralarining asoratli shakllari bilan bemorlarga ko‘rsatiladigan jarrohlik yordam sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatida, xususan, Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi shoshilinch jarrohlik bo‘limi va Andijon shaxar tibbiyot birlashmasi jarrohlik bo‘limi amaliy faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 3 avgustdagi 8n-z/95-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichakning asoratlangan yaralari bo‘lgan bemorlarni xirurgik davolashda taklif etilgan taktik-texnik yondashuvlarni qo‘llash, amaliyotlar strukturasini o‘zgartirish bilan birga a’zo saqlab qoluvchi amaliyotlarulushini oshirish, spesifik va umumiy asoratlarni kamaytirish, qonikarli va yaxshi natijalar ulushini 77,2% dan 89,5% gacha oshirish  imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish